» » New York Times “eng ko‘p qidirilayotgan xaker”ni Rossiya razvedkasi bilan bog‘ladi

New York Times “eng ko‘p qidirilayotgan xaker”ni Rossiya razvedkasi bilan bog‘ladi


Qo‘lga olish uchun FQB tomonidan rekord darajadagi — 3 million dollar mukofot belgilangan xaker Yevgeniy Bogachyov Rossiyaning Federal xavfsizlik xizmati bilan aloqador. Bu haqda The New York Times ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.

Nashr Ukraina Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga tayanadi: Bogachyov ishida ukrainalik tergovchilar uni Federal xavfsizlik xizmati maxsus bo‘linmasi kuzatuvi ostida ishlovchi shaxs sifatida ta’riflaydi.

Gazeta ushbu taxminning tasdig‘i sifatida Rossiya maxsus xizmatlariga Bogachyov dasturlari tomonidan zarar yetkazilgan kompyuterlardan ma’lumotlar olish afzalroq bo‘lishi mumkinligini keltiradi. New York Times’ning ta’kidlashicha, Bogachyovning noqonuniy sxemasi avjiga chiqqan vaqtda u zarar yetkazgan kompyuterlar soni dunyo bo‘yicha 500 mingdan 1 milliongacha yetgan.

Shunga qaramasdan, nashr amerikaliklar kompyuterlarini buzib ochuvchi xakerlarning Rossiya maxsus xizmatlariga real aloqasini isbotlash juda qiyinligini ma’lum qildi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-03-2017, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 23) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют