» » Dunyoda koronavirusni yengish uchun cheklovlarga sabr qilishga tayyor odamlar soni oshmoqda

Dunyoda koronavirusni yengish uchun cheklovlarga sabr qilishga tayyor odamlar soni oshmoqda


Dunyo aholisining aksariyat qismi (81 foizi) koronavirus pandemiyasini yengishga yordam bersa o‘z huquqlari cheklanishiga sabr qilishga tayyorligini bildirgan. Bu haqda “Romir” va Gallup International holdingi o‘tkazgan so‘rovnomalardan ma’lum bo‘lgan.

So‘rovnomada 18 davlatdan 17 ming kishi ishtirok etgan. So‘rov o‘tkazish mart oyida boshlangan, uning ikkinchi to‘lqini esa aprel oyida boshlangan. “Romir”ning ta’kidlashicha, birinchi to‘lqindan buyon koronavirusni yengish uchun o‘z huquqlari cheklanishiga tayyor odamlar soni 75 foizdan 81 foizga oshgan.

So‘rovnomada ishtirok etgan davlatlar orasida bunga rozi bo‘lganlarning eng ko‘pi Iroq va Pokiston aholisidir. Har ikki mamalakat aholisining 92 foizi koronavirusni yengish uchun o‘z huquqlarini qurbon qilishga tayyor bo‘lgan, bunga tayyor bo‘lmaganlar esa mos ravishda 6 va 8 foizni tashkil qilgan.

Aholisining katta qismi bunga rozi bo‘lgan davlatlar orasida Hindiston (59 foiz), Filippin (58 foiz), Bolgariya (53 foiz), Avstriya (51 foiz), Germaniya (48 foiz) ham bor. Italiya, Qozog‘iston va Rossiyada koronavirusni yengish uchun o‘z huquqlari qurbon qilishga tayyor bo‘lganlar soni 44 foizni tashkil qilgan. Reytingning eng oxirgi o‘rinidan Yaponiya joy olgan. Bu davlatda atigi 7 foiz aholi bunga tayyorligini bildirgan.

Shu bilan birga, “Romir”ning qayd etishicha, so‘rovnomaning birinchi to‘lqiniga nisbatan aprel oyida koronavirus sababli cheklovlarga chidashga rozi bo‘lmaganlar soni 19 foizdan 15 foizga tushgan. Bundan odamlarning eng ko‘pi Yaponiya (42 foiz), Rossiyada (28 foiz) va AQShda (25 foiz) edi.

Jons Hopkins ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 2,4 milliondan oshgan, 165 ming kishi vafot etgan. Eng qiyin vaziyat AQShda hukm surmoqda. Mamlakatda 756 mingdan ortiq kishi koronavirusga chalingan 40 mingdan ortig‘i vafot etgan. Kasallanganlar soni bo‘yicha AQShdan keyingi o‘rinlarni Ispaniya (198 mingdan ortiq), Italiya (178 mingdan ortiq) va Fransiya (154 mingdan ortiq) egallamoqda.

Mavzuga doir: Amerikalik olimlar koronavirusga chalinganlar soni rasmiy raqamlardan o‘n baravar ko‘p bo‘lishi mumkinligini aniqladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют