» » Karantinda bo‘lganlar harbiy xizmatga qabul qilinadimi? Xizmatni o‘taganlar uyga qayta oladimi? Mudofaa vazirligi izoh berdi

Karantinda bo‘lganlar harbiy xizmatga qabul qilinadimi? Xizmatni o‘taganlar uyga qayta oladimi? Mudofaa vazirligi izoh berdi


20-aprel, dushanba kuni, AOKA shtabida Mudofaa vazirligi axborot xizmati rahbari Bahrom Zulfiqorov ishtirokida bo‘lib o‘tgan brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan tegishli izoh va javoblar berildi.

Jumladan, koronavirus tufayli karantinda bo‘lganlar kasallikning yengil formasida tuzalib chiqsa keyinchalik harbiy sohaga qabul qilinishi masalasiga to‘xtalib o‘tildi.

Bahrom Zulfiqorov koronavirus bilan og‘rib o‘tgan (kasal bo‘lgan) barcha shaxslar uchun nafaqat harbiy soha, balki boshqa yo‘nalishlarda ham bu borada hech qanday cheklovlar yo‘qlini ta’kidladi.

Mavzuga doir: Mudofaa vazirligi: “Bir oylik xizmatga pulini to‘lab qo‘ygan fuqarolarning pullari qaytarib berilmaydi”

Shuningdek, karantin sababli harbiy xizmat muddatini o‘tab bo‘lganlarning uyga qaytishiga ruxsat berilgan yoki yo‘qligi masalasida muddatli harbiy xizmat muddatini o‘tab bo‘lganlarni rezervga bo‘shatish ishlari rejaga asosan amalga oshirilayotgani va ular ortiqcha muddat harbiy xizmatda qoldirilmasligi bildirildi.

Eslatib o‘tamiz, mart oyining oxirida markaziy harbiy okrugda muddatli harbiy xizmatni o‘tagan askarlarni o‘z uylariga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tgan. Koronavirus sababli faqat bir kun — 27-mart kuni respublikaning barcha yo‘nalishlari bo‘ylab maxsus reyslar yo‘lga qo‘yilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют