» » “OPEK, Rossiya va shu kabi siyosiy sabablar bu yerda umuman rol o‘ynamaydi”. Behzod Hoshimov jahon neft bozoridagi vaziyat haqida

“OPEK, Rossiya va shu kabi siyosiy sabablar bu yerda umuman rol o‘ynamaydi”. Behzod Hoshimov jahon neft bozoridagi vaziyat haqida


Telegram’dagi “Iqtisodchi kundaligi” kanali muallifi Behzod Hoshimov WTI markasidagi neft narxining keskin tushishi va neft ishlab chiqaruvchilarning xaridorlarni saqlab qolish uchun 40 dollardan to‘lashga rozilik berayotgani yuzasidan mulohazalarini bildirdi.

Neft narxi haqida savollar bo‘lyapti, 13-mart kuni yozganman, menimcha, hech narsa o‘zgarmadi, talab qisqarsa, narx tushadi. Bu iqtisodiyotning eng oddiy qonuniyati.

OPEK, Rossiya va shu kabi siyosiy sabablar bu yerda umuman rol o‘ynamaydi. Afsuski ko‘pchilik betayin ekspertlarning fikrini eshitaverib, bu masalani ham qiyinlashtirib, siyosiylashtirib yuborishdi.

13-mart kuni bu haqda shunday post yozgandim:

Dunyoda jurnalistlar va turli xil xalqaro ekspertlar orasida juda keng tarqalgan mif — bu Saudiya Arabistoni va Rossiya kelishgan holda neft narxiga (sezilarli) ta’sir o‘tkaza olishi. Bu, albatta, unday emas. Ayniqsa, oxirgi 20 yilda.

Hozirgi neft narxi tushishi bu, albatta, talab qisqarishi va kelajakdagi talab qisqarishi haqidagi qo‘rquvlarning kombinatsiyasidir. Taklif raqamlariga qarang. Masala mutlaq taklifda emas.

Shuning uchun ham Rossiya OPEK bilan kelishgani yoki kelishmagani haqida fikr yuritish ma’noga ega emas. Chunki neft narxiga bu narsa ta’sir qilmaydi.

O‘zi neft narxini volatilligiga qarab, iqtisodiyot kitoblarida qanday qilib kartel kelishuvlar buzilib ketishi haqidagi mantiqni tushuntirsa bo‘ladi. Ya’ni o‘yinlar nazariyasidagi eng sodda model orqali ham shu narsaga kelsa bo‘ladi. Shu ikki mamlakat kelisha olmagani ham o‘yinlar nazariyasidagi eng klassik yechim. Ya’ni shaxsiy manfaatlar jamoaviy manfaatlardan ko‘ra afzalroq, chunki jamoaviy optimum qilish har bir o‘yin ishtirokchisiga qimmat.

Xullas, neft narxi tushishini kutib, taklifni oshirish — juda kutilgan va normal holat. Rossiya hukumati juda kutilgan, o‘rinli va iqtisodiy nuqtayi nazardan kerakli qaror qilgan.

Endi hozir nima o‘zgardi? Nimaga narx yana tushyapti?

Sababi oddiy, ishlab chiqarilgan neftni hech kim ishlatmayotgani uchun neft qo‘yishga joy yo‘q. Qaytaraman, neftni qo‘yadigan hajmlar yo‘q. Agar pulingiz bo‘lsa, neft qo‘yish uchun tanker oling :).

Kecha shuncha no‘xatni, uch neft barreli narxiga olgan edim:

Avvalroq neft ishlab chiqaruvchilar xaridorlarga WTI markasidagi mahsulotga qo‘shib, barreli uchun 40 dollardan to‘layotgani xabar qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2020, 01:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 94) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют