» » AQShda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 787 mingdan oshdi

AQShda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 787 mingdan oshdi


AQShda koronavirusga chalinish holatlari soni 787 mingdan oshib ketdi. Bu haqda kasallik tarqalishini real vaqtda kuzatayotgan Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.

Mamlakatda umumiy hisobda 787 752 kishi koronavirusga chalingan, 42 359 kishi kasallikdan vafot etgan, 72 329 kishi tuzalgan.

Kasallanganlarning ham, vafot etganlarning ham eng ko‘pi Nyu-York shtatiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu yerda 253 195 kishida koronavirus borligi tasdiqlangan.

Avvalroq Tramp AQShda koronavirus qurbonlari qanchaga yetishi mumkinligi to‘g‘risidagi prognoziga o‘zgartirish kiritib, koronavirusning eng yuqori cho‘qqisi ortda qolganini ma’lum qilgandi. Shu bilan birga, prezident koronavirus sabab joriy etilgan cheklovlarni bosqichma-bosqich bekor qilish rejasi bilan bo‘lishgan.

Amerikalik olimlar esa koronavirusga chalinganlar soni rasmiy raqamlardan o‘n baravar ko‘p bo‘lishi mumkinligini aniqlagandi.

Mavzuga doir: Tramp koronavirus sabab bir oydan buyon Oq uydan chiqmayotganini aytdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 108) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют