» » Inqirozdan keyingi inqiroz. Koronavirusdan so‘ng futbol qanday bo‘ladi?

Inqirozdan keyingi inqiroz. Koronavirusdan so‘ng futbol qanday bo‘ladi?


Birinchi qarashdayoq muammo aniq: pul. Futbol pulsiz hech qayoqqa bora olmaydi. Barcha eng katta ligalar telekanallar bilan ko‘p millionli kelishuvlarga ega. Hammasi o‘z joyida bo‘lgan vaqtlarda klublar, yulduzlar, direktor va agentlarning bari shu kabi kelishuvlar orqali pul topadi.

Angliya Premyer Ligasida shunchalik ko‘p pul aylanib kelayotgan ediki, hozir hammasi 180 gradusga o‘zgarib ketdi. To‘satdan inqiroz va barcha foydaning ildizi quridi. Majburiy tanaffusdan so‘ng bir qancha vaqt o‘tdi. Xususan, Ispaniyada “Barselona” futbolchilari maoshlarining 70 foizi qisqartirilishiga rozilik bildirdi. Buni hatto kataloniyaliklar yetakchisi Leo Messining o‘zi e’lon qildi. Shuningdek, “Yuventus” ham futbolchilari bilan maoshlarni qisqartirish va kechiktirish borasida kelishuvga erishdi. Angliyada esa futbolchilar hozircha nimanidir o‘zgartirishga shoshilayotgani yo‘q. Ularni hozirda olayotgan pullari to‘la qanoatlantirmoqda va ular buni o‘zgartirishni xohlamayapti.

Angliyadagi Professional futbolchilar uyushmasi bir necha haftadan beri Premyer Liga, Futbol Ligasi hamda Futbol Assotsiatsiyasi bilan muzokara olib bormoqda. Uyushmaning maqsadi — nimanidir hal etish. APL ham klublar o‘z bilganicha muammoasini hal qilmay bunday vaziyatda bir qarorga kelishini xohlamoqda.

Vaziyatga boshqa tarafdan qarash lozim. Masalan, AQSh, Yevropa, xususan, Buyuk Britaniyada minglab odamlar moliyaviy inqiroz davrida yashab qolish uchun ishsizlik bo‘yicha moddiy ko‘mak so‘rab davlatga murojaat qilib ulgurdi. Bular hammasi ro‘y berib turgan bir vaqtda APLning 4 klubi barcha ishchilarini haq to‘lanmaydigan ta’tilga yubordi. Qahramonlar esa quyidagi klublar: “Norvich”, “Nyukasl”, “Bornmut” hamda “Tottenhem”. Bu klublar ortidan “Liverpul” ham bordi. Biroq klubning qarori mersisaydlik muxlislar, shuningdek, butun dunyodagi futbol ishqibozlarining keskin tanqidlariga sabab bo‘ldi. Ammo bu qaror kimnidir hayratda qoldirmagani aniq. Axir hukumat iqtisod bo‘yicha keskin choralar ko‘rishga ruxsat berib turgan vaqtda undan ko‘pchilik foydalanmoqda.

Barchasi rasvo bo‘lishda davom etadi. Milliardelarning jamoalari futbol o‘ynashni to‘xtatgani, dunyo telekanallari esa ularni ko‘rsatishdan to‘xtaganiga ko‘p bo‘lgani yo‘q. Angliyada telekompaniyalar translyatsiyalar uchun oldindan tuzilgan shartnomlar bo‘yicha pullarni to‘lashdan bosh tortgani yo‘q. Faqat hozircha. Biroq Fransiyada ikkita telekanal bu ishga qo‘l urib bo‘ldi.

Har tarafdan olib qaralsa ham vaziyat chiroyli ko‘rinmaydi. Futbolchilarni ayblash har doim oson bo‘lgan. Hatto Yevropadagi turli siyosatchilar bunday ishni ayni damda ham davom ettirmoqda. Professional futbol qanchalik bor bo‘lsa, futbolchilarni ham ochko‘zlik, talonchilikda shunchalik ayblayveriladi. Ammo muammo pullarning ortiqcha sarflanishida emas, balki ishonchning yo‘qligida hamdir.

Futbolchilar o‘z klublariga ishonch bildirmayapti. Klublar esa futbolchilarning agentlari hamda o‘yinchilarning o‘ziga ham ishonmayapti. Bunday vaqtlarda hech kim vijdoniylik hamda halollikka ishonmaydi. Klublar ham boshqa klublarga ishonayotgani yo‘q. Shu boisdan ham APL hamma birgalikda harakat qilishi lozimligini belgiladi. Chunki yaxshi kunlarda ham klublar har qaysi tarafdan qaralganda ham bir-biriga — dushman. Ular doim foyda topish yo‘lini izlaydi. Bunday holatda qanday qilib birgalikda qaror qabul qilish mumkin axir?

Klublarga ham, FIFAga ham ishonch yo‘q. Tashkilot pulga o‘ta muhtoj bo‘lgalargagina mablag‘ berishni rejalashtirmoqda. Ammo xavf yoqasida bo‘lgan klublar ishonch yo‘qligi sabab, moddiy ko‘mak ololmaslikdan cho‘chib turibdi. Ular pullar shunchaki yo‘q bo‘lib ketishiga ham ishonib turibdi.

UEFAda ham holat yaxshi emas. Bu yerda ham tashkilot ligalarga, ligalar esa boshqa ligalar hamda klublariga ishonmaydi. Hammasi rasvo bo‘lib turgan vaqtda esa barcha faqatgina o‘zi uchun harakat qiladi. Biroq bitta istisno bor — Germaniya. U yerda barcha sport, jamoalar kelajagi, shuningdek, bir-birlariga yordam berish uchun o‘z maoshlari hamda daromadlarini qurbon qilmoqda. Hatto futbolchilar ham.

Xulosa sifatida dunyo eng ommabop sport turi bo‘lgan futbol imijiga katta zarar yetganini keltirish mumkin. Angliyada “milliy o‘yin” ham inson manfaatlarini o‘zida aks ettirmaydi.

Bu muammolar esa koronavirus bilan birga yo‘qolib ketmaydi. Pandemiya sabab qaysi klublar haqiqatda foyda ko‘rayotgani guvohi bo‘ldi. Bundan tashqari butun futbol iqtisodiyati o‘ylaganimizdan ko‘ra ortiq mo‘rt ekanligi oydinlashdi. Hozir ko‘plab futbol klublari kattagina qarzga botish xavfi ostida. Bu esa futbol bozorini global miqyosda qaytadan tartibga solishga olib boradi. Bu barcha narsaga, jumladan, futbolchilarning narxlari, maoshlari, agentlarga beriladigan bonuslarga ham taalluqli bo‘ladi. Klublar o‘z-o‘zidan kamroq mablag‘ sarflashga va iloji boricha ko‘proq futbolchilarini sotishga harakat qiladi.

Bundan keyin futbolchilar haftalik maoshlariga yangi Bentley sotib ololmaydi. Ko‘plar maoshining qisqartirilishiga rozilik bildirishga majbur bo‘ladi.

Ammo bu futbol dunyosida hech kim bir-biriga ishonmasligini va o‘zi uchun harakat qilishini unutmaslik lozim. Futbolchilar ham klub foydasi uchun qurbonlik qilmaydi. Bu esa bir vaqtda klublar ham futbolchilar uchun qurbonlikka bormayotganligi bilan teng masalaligi ko‘rinadi, xolos. Bu — hozirgi inqirozdan keyin keladigan inqiroz bo‘ladi.

Umuman olgan 2020-yil marti futbolning oltin davridagi so‘nggi oy bo‘lib qolgani bejiz aytilmayapti. Futbol 25 yil davomida yer yuzidagi eng katta shou va juda katta ko‘lamdagi madaniy hodisa sifatida yuzaga chiqdi. Hammasi yaxshi bo‘lib turgan vaqtda na o‘zaro ishonchga, na vijdonga ehtiyoj sezildi. Hamma narsaga ehtiyoj sezilib turgan vaqtda esa yuz berishi mumkin bo‘lgan voqeliklarni faqat taxmin qilish qoldi, xolos.

Boshqa maqolalar:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют