» » Toshkent viloyatida haydovchining YTH sodir etib, qochib ketishi oqibatida piyoda vafot etdi

Toshkent viloyatida haydovchining YTH sodir etib, qochib ketishi oqibatida piyoda vafot etdi


Toshkent viloyati hududidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lida piyodani urib yuborib, hodisa joyidan yashiringan haydovchi topildi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 17-aprel kuni soat 23:50 larda noma’lum avtomashina Chinoz tumani hududidan Toshkent shahar tomon harakatlanib, Zangiota tumanidan o‘tgan M-39 yo‘li 818-kilometri avtomobil qatnov qismida 33 yoshli fuqaro V.R.ni urib yuborib, hodisa joyidan yashiringan. Avariya oqibatda piyoda hodisa joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan noma’lum shaxsga nisbatan Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (“Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish”) va 117-moddasi 2-qismi (“Xavf ostida qoldirish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini Toshkent shahar Yunusobod tumanida yashovchi 26 yoshli A.Sh. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashinasida sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют