» » O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 424 nafarga yetdi. Toshkentda 2020-yilda tug‘ilgan chaqaloq kasallikdan sog‘aydi

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 424 nafarga yetdi. Toshkentda 2020-yilda tug‘ilgan chaqaloq kasallikdan sog‘aydi


Xorazm viloyatida 22-aprel kuni koronavirusga chalingan 35 nafar bemor to‘liq tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Urganch shahar tibbiyot birlashmasidan 13 nafar, viloyat endokrinologiya dispanseridan 21 nafar, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan 1 nafar, jami 35 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi.

Sog‘ayganlarning 31 nafari Rossiyadan charter reys bilan olib kelingan. Ularda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyatdagi shifoxonalarga joylashtirilgan. Qolgan 4 kishi esa koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan.

Ulardan 29 nafari erkak, 6 nafari ayollardir. Bemorlarning 6 nafari Buxorodan, 5 nafari Xorazmdan. Shuningdek, ular orasida 4 nafardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Andijon viloyatida, 3 nafardan Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlarida, 2 nafardan Namangan, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida, 1 nafardan Jizzax va Surxondaryo viloyatlarida yashovchi fuqarolar bor. Tuzalganlarning eng kattasi 58 yoshda bo‘lsa, eng kichigi 7 yoshda.

Xorazm viloyatida ayni paytga qadar koronavirusdan butkul sog‘ayganlar soni 45 nafarga yetdi.

Bundan tashqari, Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida koronavirus infeksiyasiga chalingan yana 17 nafar bemor sog‘ayib, 22-aprel kuni Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Sog‘aygan bemorlarning barchasi Toshkent shahridan. Ulardan 16 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, infeksiya yuqtirib olgan. 1 nafari Londondan kelgan. Bemorlardan 4 nafari erkak, 13 nafari ayollardir. Ular orasida eng kattasi 69 yoshda, eng kichigi esa 2020-yilda tug‘ilgan, u onasi bilan birga reabilitatsiyaga kuzatildi. Samarali davolash muolajalaridan keyin, so‘nggi tekshiruvlar ularda infeksiya yo‘qligini ko‘rsatdi.

Ayni paytga qadar O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar soni 424 nafarga yetdi.

Avvalroq Qoraqalpog‘istonda 1 yoshli bola koronavirusdan sog‘aygani va O‘zbekistonda tuzalganlar soni 372 kishiga yetgani haqida xabar berilgan edi. Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekiston bo‘yicha 67 nafar bemor 22-aprel kuni sog‘ayib, reabilitatsiyaga jo‘natilganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, 21-aprel kuni O‘zbekiston bo‘yicha 96 kishi koronavirusdan sog‘ayib, reabilitatsiyaga olingan edi.

O‘zbekistonda 22-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1692 nafarni tashkil etmoqda. O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning yetti nafari vafot etdi, Xorijda kamida 73 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan (eng ko‘pi — 42 nafari — Rossiyada), ularning to‘rt nafari vafot etgani ma’lum qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют