» » O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 450 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 450 nafarga yetdi


Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 22-aprel, chorshanba kuni, 26 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butkul sog‘aydi. SSV matbuot xizmatining xabar berishicha, ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Sog‘ayganlarning barchasi Andijon viloyatidan. Bemorlarning 5 nafari erkak, 21 nafari ayollardir. Ularning 1 nafari xorijdan kelgan, qolgan 25 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, infeksiya yuqtirib olgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 59 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 21 yoshda.

Vazirlik xabarida qayd etilishicha, hozirga qadar viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida 21 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 47 nafarga yetdi. 21-aprel kuni 93 nafar bemor, 22-aprel kuni esa 96 nafar bemor tuzalib, o‘tgan ikki kun ichida jami 189 nafar bemor butkul sog‘aydi.

Avvalroq O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 424 nafarga yetgani, ular orasida 2020-yilda tug‘ilgan chaqaloq ham borligi xabar berilgandi.

Shunday qilib, ayni paytga qadar O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 450 nafarni tashkil etmoqda.

O‘zbekistonda 22-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1692 nafarni tashkil etmoqda. O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning yetti nafari vafot etdi, Xorijda kamida 73 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan (eng ko‘pi — 42 nafari — Rossiyada), ularning to‘rt nafari vafot etgani ma’lum qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют