» » Buyuk Britaniya ekspertlari karantin cheklovlarini tezda bekor qilish koronavirusning 2-tolqinini yuzaga keltirishi mumkinligidan ogohlantirdi

Buyuk Britaniya ekspertlari karantin cheklovlarini tezda bekor qilish koronavirusning 2-tolqinini yuzaga keltirishi mumkinligidan ogohlantirdi


Buyuk Britaniyalik ekspertlarning malum qilishicha, yangi turdagi koronavirus tarqalishining ikkinchi tolqini yuz berishi mumkin, shuning uchun mamlakatlar cheklov choralarini yengillashtirishda ehtiyot bolishi kerak, bunda sogliqni saqlash tizimlari yangi bemorlarni qabul qila olish imkoniyati ham hisobga olinishi kerak. Bu haqda RBK xabar berdi.

Cheklovlarni olib tashlashda ehtiyotkorlik

Aprel oyida Yevropaning bir nechta davlati koronavirusga qarshi kurash uchun joriy qilingan cheklovlarni bosqichma-bosqich olib tashlash rejalari haqida malum qildi. Xususan,Avstriya, Italiya va Ispaniyada aprel oyining ortasida bir qator kompaniyalar va savdo tashkilotlarining ishini qayta boshlashga ruxsat etildi. Norvegiyada koronavirus sabab yopilgan bogchalar yanaochilmoqda. Chexiyada 14-apreldan boshlab xorijga chiqishga ruxsat berilgan, biroq xorijdan qaytgan fuqaro 14 kunlik karantinda bolishi talab qilinadi.

Mavzuga doir: JSST vakili koronavirus bilan bogliq cheklovlarni vaqtli olib tashlamaslikka chaqirdi

Vaksina paydo bolguniga qadar kasallik har qanday mamlakatda uni yuqtirib olishi mumkin bolgan koplab odamlarga yuqaveradi. Cheklovlarni olib tashlashda sogliqni saqlash tizimlari kasallikning tasiri va oqibatlarini yengishga qodir ekanligi hisobga olinishi kerak. Tosatdan va kop sonli cheklovlarni olib tashlash faqatgina kasallik tarqalishining yangi tolqinini yuzaga keltiradi, buni Yaponiya misolida korish mumkin, deya malum qilgan London universitet kollejining reanimatologiya kafedrasi mudiri Xyu Montgomeri.

Agar bir kishining boshqalarga kasallik yuqtirishini ifodalovchi reproduktiv son Rning korsatkichi 1 kishidan pasaysa va korilgan choralar bu sonni mazkur darajada saqlab tura olsa, cheklovlarni yumshatishdan mano bor. Shunday ekan, agar cheklovlarning yumshatilishi yangi bemorlar sonini oshirsa, ijtimoiy masofalanish chorasi qayta tiklanishi mumkin. Har qanday yengillik bu natijasi nomalum tajriba, deb takidlagan Sent-Endryus universitetining professori, Buyuk Britaniya hukumatining ilmiy masalalar boyicha sobiq maslahatchisi Ian Boyd.

Mavzuga doir: Dunyoda koronavirusni yengish uchun cheklovlarga sabr qilishga tayyor odamlar soni oshmoqda

Cheklov choralarining tezlik bilan olib tashlanishiga hali vaqtli, chunki infeksiyaning tarqalishi bilan bogliq vaziyat qandayligi hozircha nomalum. Ikkita ssenariy bolishi mumkin, deb gapiradi Oksford universitetining biokimyo kafedrasi dotsenti Alfredo Kastello Palomares.

Birinchi ssenariy virus muhitda biz dastlab oylagandan kora koproq turadi va bunda virus yuqtirganlar soni ham koproq boladi. Demak, koplab kishilarda allaqachon immunitet mavjud. Bunday odamlar virusning bundan keyingi tarqalishi yolida oziga xos devor boladi. Ikkinchi ssenariy aholining kam qismigina virus yuqtirib olgan. Bunday vaziyatda virusning tarqalishiga tosiq boladigan devor yoq va bunda virusning tez tarqalishi boshlanadi, yani ikkinchi tolqin yuzaga keladi, deya olim voqealarning ehtimoliy rivojini tavsiflaydi. Uning qayd etishicha, asosiy cheklov choralari olib tashlangandan keyin ijtimoiy masofani, ish orinlarida xavfsizlikni saqlashga imkon beradigan reja va aeroportlarda nazorat punktlari kerak boladi.

Mavzuga doir:JSST rahbari koronavirus tufayli joriy etilgan cheklovlarni olib tashlash boyicha tavsiyalar berdi

Kasallikning ikkinchi tolqini ehtimoli

Barcha ekspertlar kasallikning ayni paytdagi eng yuqori choqqisi otib ketganidan keyin uning ikkinchi tolqini paydo bolishi mumkinligi haqidagi fikrga qoshiladi. Faktlarga kora, bu virus juda zararli va tez tarqaladi. Har bir odam uch kishiga virusni yuqtirishi mumkin, shuning uchun bir kishi boshqa on kishi orqali 88572 kishini zararlashi mumkin, deya misol keltirgan Montgomeri. Uning takidlashicha, agar hukumatlar barcha izolyatsiya choralarini tezda bekor qilsa, ikkinchi tolqin birinchisidan ham katta bolishi mumkin.

Infeksiyaning kelajakda,kelgusi qishda tarqalishini korishimiz ehtimoli katta, xususan, har yili gripp bilan kasallanish kabi, deydi Boyd. Uning sozlariga kora, ikkinchi tolqinning qanday bolishi hukumatlar tomonidan saqlab qolinadigan nazorat choralariga bevosita bogliq boladi. Oz rejasiga ega bolmagan mamlakatlar ijtimoiy masofalanishni qayta tiklashga va uning iqtisodiy oqibatlarini korishga majbur boladi.

Xyu Montgomerining prognozlariga kora, olimlar virusga qarshi vaksinani joriy yilning kuzigacha tayyorlay olmaydi. Boydning fikricha, virus belgilariga qarshi kurash uchun nisbatan samarali dorilarning yaratilishi ham ehtimoldan holi emas.

Ekspertlar virusning mutatsiyaga uchrash ehtimolini ham qayd etib otgan, bu esa ishlab chiqilgan har qanday vaksinani samarasiz qilib qoyadi. Barcha viruslar mutatsiyaga uchraydi, bu virus ham istisno emas. Odatda, ularning tajovuzkorligi pasayadi, biroq har bir gripp virusi kabi ular ozgarishi va vaksina ishlab chiqargan immunitetni yaroqsiz qilib qoyishi mumkin, deydi Montgomeri.

Mavzuga doir:Xitoylik olimlar koronavirusning ogirroq shakli borligidan ogohlantirdi

COVID-19ni keltirib chiqaradigan SARS-CoV2 virusi vaqt otishi bilan ozgaradi. Uning zararlash ehtimoli aynan qanday ozgarishini aytib bolmaydi, biroq uni davolash va unga qarshi kurashning qiyinlashish ehtimoli mavjud, deb taxmin qiladi Boyd.

Palomaresning takidlashicha, SARS-CoV 2 virusining mutatsiyaga uchrash qobiliyati tarkibida RNK bolgan boshqa viruslarga nisbatan pastroq. Ilmiy hamjamiyatning xavotiriga kora, SARS-oV 2 virusiga qarshi antitananing odam qonida nisbatan kam muddat (birikki yil) bolishi haqida dalillar mavjud, bu holatda epidemiyani toxtatish uchun vaksina kerak boladi.

Butun dunyoda 22-aprel holatiga kora, 2,5 milliondan ortiq kishi koronavirusga chalingan, 177 mingdan ortiq odam kasallik qurboniga aylangan. Kasallikdan tuzalganlar soni696948 kishiga yetgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (23-04-2020, 10:26)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 46) ( 0) ( 44) ( 2)
:
-
:
20 ... -