» » Nurmat Otabekov koronavirus yuqish xavfi kimlarga va qayerda ko‘proq ekanligini ma’lum qildi

Nurmat Otabekov koronavirus yuqish xavfi kimlarga va qayerda ko‘proq ekanligini ma’lum qildi


Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov 23-aprel kuni AOKA qoshida tashkil etilgan brifingda koronavirus kimlarga, qayerda ko‘proq yuqish xavf yuqori ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Uning aytishicha, kasallik yuqtirish ehtimoli birinchi o‘rinda dorixonalarda ishlaydiganlarda yuqori. “Asosiy xavf shundaki, dorixonaga har xil toifadagi sog‘ligida muammo bor odamlar tashrif buyuradi”, — deydi u.

Ikkinchi o‘rinda — do‘konlar. Shu sababli do‘konlarga borganda xavfdan himoyalash uchun, albatta, niqob taqish, arava tutqichiga antiseptik vositalar bilan ishlov berish, o‘ralgan mahsulotlarni olish, imkon qadar qadoqlangan paketlarga kamroq qo‘l tekkizish zarur.

Uchinchi o‘rinda — avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari. Yoqilg‘i quyadigan pistoletni kuniga 10 dan ortiq odam ushlaydi.

To‘rtinchi o‘rinda — itlarni sayr qildirish joylari. Itlarni olib chiqishda odam tez-tez podyezd va eshik tutqichlarini ushlaydi. Bundan tashqari, itlar virusni oyoqlarida uyga tashishi mumkin.

Beshinchi o‘rinda — ko‘chaga chiqindi tashlashga chiqish. Nurmat Otabekovning ta’kidlashicha, bunda xavf nisbatan pastroq bo‘lsa-da, ayrim vaqt changda virus zarrachalari saqlanib qolgan bo‘lishi mumkin.

Avvalroq Bosh davlat sanitariya inspektori faqat keskin choralargina kasallik cho‘qqisini yengib o‘tishga yordam berishini aytgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют