» » Ziroat Mirziyoyeva raisligidagi fondning faoliyati 5 ming ayolga moddiy yordam berishdan boshlandi

Ziroat Mirziyoyeva raisligidagi fondning faoliyati 5 ming ayolga moddiy yordam berishdan boshlandi


Karantin sababli qiyin ahvolga tushib qolgan yurtdoshlarga yordam berish tashabbusi Ziroat Mirziyoyeva raisligidagi vasiylik kengashi tomonidan ilgari surildi.

“Zamin” fondi faoliyati uzoq muddatli, strategik ahamiyatga ega va barqaror loyihalarga qaratilgan. Jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya badallari, shuningdek, xalqaro tashkilotlarning grantlari fond mablag‘ini shakllantirishning asosiy manbalari hisoblanadi.

Fond atrof-muhitni muhofaza qilish, eshitish qobiliyatida nuqsoni bo‘lgan bolalar ta’limini rivojlantirish, shuningdek, ijtimoiy sohaga innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha qator loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirgan. Ammo hozirgi vaziyat o‘z hukmini o‘tkazmoqda.

Bugun ko‘mak berishning ayni vaqti ekanini anglagan holda, fond vasiylik kengashi a’zolari xayrli ishga hissa qo‘shishga qaror qildi.

Shu bois loyihalarga jalb qilingan mablag‘lar og‘ir ahvolda qolgan ayollar va oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratildi. Besh milliard so‘m miqdoridagi xayriya mablag‘i O‘zbekistonning barcha hududlaridagi yordamga muhtoj besh ming nafar ayolga yo‘naltirildi.

“Xavfsiz va o‘z vaqtida berilgan ushbu yordam qiyin kunlarda umidsizlikka tushib qolganlarga umid baxsh etsin, mehr va muruvvat oyi bo‘lmish muqaddas Ramazon oyida ularning oilalari va yaqinlariga iliqlik, quvonch va tabassum hadya qilsin”, — deya izoh berdi vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva.

Bu yil koronavirus pandemiyasi hukm surayotgan bir vaziyatda muhtojlarga yordam va muruvvat ko‘rsatish har qachongidan ham ko‘proq ahamiyat kasb etib, O‘zbekiston xalqini yanada jipslashtirish va barcha sinovlardan yorug‘ yuz bilan o‘tish imkonini beradi. Faqat shu tarzda, mehr-oqibatli odamlarning ko‘magida, birgalikda va hamjihatlik bilangina qiyinchiliklarni yenga olamiz.

“Zamin” xalqaro jamoat fondiga nodavlat notijorat tashkiloti sifatida O‘zbekistonda asos solingan. Fondning maqsadi — mamlakatning barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shish va aholi turmush darajasini oshirish. Fond faoliyati haqida batafsil ma’lumotni “www.zaminfoundation.ngo” rasmiy veb-saytidan olish mumkin.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 117) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют