» » O‘zbekiston iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash uchun 1,6 mlrd dollar qarz olish bo‘yicha kelishuvlarga erishgan

O‘zbekiston iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash uchun 1,6 mlrd dollar qarz olish bo‘yicha kelishuvlarga erishgan


O‘zbekiston koronavirus pandemiyasi sharoitida taraqqiyot banklaridan iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash uchun 1,6 milliard AQSh dollari miqdorida qarz oladi. Bu haqda Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida bosh vazir o‘rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov ma’lum qildi.

Bosh vazir o‘rinbosarining aytishicha, hukumat Xalqaro valyuta jamg‘armasidan 375 million, Osiyo taraqqiyot bankidan 375 million va Jahon bankidan 500 million AQSh dollari miqdorida qarz olish bo‘yicha kelishuvlarga erishgan.

Jamshid Qo‘chqorov O‘zbekistonning ushbu mablag‘lar asosiy qismini hali olmagani va respublikada hozircha yetarli miqdorda moliya mablag‘lari mavjudligini ham qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev mart oyida imzolagan farmonga muvofiq, Moliya vazirligi qoshida Inqirozga qarshi kurash fondi tuzilgan va unga koronavirus tarqalishining oldini olish va epidemiyaning iqtisodiyotga ta’sirini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar uchun 10 trillion so‘m miqdoridagi mablag‘lar yo‘naltirilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2020, 00:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют