» » “Monpelye”ning 23 yoshli futbolchisi koronavirus sabab reanimatsiyaga tushib qoldi

“Monpelye”ning 23 yoshli futbolchisi koronavirus sabab reanimatsiyaga tushib qoldi


Fransiyaning “Monpelye” klubi yarim himoyachisi Junior Sambia koronavirus infeksiyasi alomatlari sabab jonlantirish bo‘limiga tushib qoldi, deya xabar qilmoqda L’Equipe.

23 yoshli futbolchi nafas olish va ovqat hazm qilishdagi muammolar sabab ushbu haftada shifoxonaga tushib qolgan. 23-aprel kuni futbolchi jonlantirish bo‘limiga olingan.

“Monpelye” avvaliga bu borada hech qanday sharh bermagan. Biroq o‘yinchi reanimatsiyaga tushib qolganidan keyin rasmiy saytda futbolchining ismini oshkor qilmagan holda bayonot bergan.

Joriy mavsum Sambia “Monpelye”ning 22 o‘yinida maydonga tushib, bittadan gol va samarali uzatmaga muallif bo‘lgan.

24-aprel holatiga ko‘ra, Fransiyada koronavirusga chalinganlar soni 161 mingdan oshdi. 22 ming nafarga yaqin kishi vafot etgan bo‘lsa, 42 ming nafari infeksiyani yengib o‘tgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют