» » Toshkentda Mercedes-Benz poliklinikaga qarashli Damas bilan to‘qnashdi (foto)

Toshkentda Mercedes-Benz poliklinikaga qarashli Damas bilan to‘qnashdi (foto)


25-aprel kuni soat 16:00 lar atrofida Toshkent shahar Uchtepa tumanida Damas va Mercedez-Benz E 350 avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda YHXBB xabar bermoqda.

Hodisa kichik halqa avtomobil yo‘li va Foziltepa ko‘chalari kesishmasida sodir bo‘lgan. 1966-yilda tug‘ilgan A.M. boshqaruvidagi “Bolalar ko‘p tarmoqli diagnostika maslahat poliklinikasi”ga tegishli Damas 1993-yilda tug‘ilgan B.U. boshqaruvidagi Mercedes-Benz E 350 bilan to‘qnashib ketgan.

To‘qnashuv natijasida Damas rusumli transport vositasi haydovchisi A.M. tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan.

Ushbu to‘qnashuv yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: Qamchiq dovonida tormozi ishlamay qolgan yuk mashinasi tog‘ga borib urildi. Haydovchi vafot etdi

Eslatib o‘tamiz, 14-aprel kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanida tez yordam mashinasi va Epica to‘qnashuvi oqibatida 5 kishi jarohatlangandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют