» » Ronaldinyo: Hibsda saqlanishimni eshitish katta zarba bo‘ldi, bunday holatga tushaman deb o‘ylamagandim

Ronaldinyo: Hibsda saqlanishimni eshitish katta zarba bo‘ldi, bunday holatga tushaman deb o‘ylamagandim


Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Ronaldinyo Paragvaydagi hibsdan so‘ng ilk bor intervyu berdi.

Mart oyi boshlarida 40 yoshli braziliyalik Paragvay hududiga soxta pasport bilan kirganligi uchun hisbga olingandi. Shundan keyin Ronaldinyo akasi bilan 32 kun davomida qamoqda saqlandi. Hozirda aka-uka Asunsyondagi mehmonxonada uy qamog‘ida bo‘lib turibdi.

Mahalliy ABC Color telekanaliga bergan intervyusida Ronaldinyo Paragvayga onlayn-kazino ochilish marosimiga kelganini ma’lum qildi.

“Barcha hujjatlar qalbaki ekanini bilganimizda hayron qoldik. Vaziyatning tagiga yetish uchun o‘sha zahoti huquqni muhofaza qilish xodimlari bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanimizni ma’lum qildik.

Hibsda saqlanishimni eshitish katta zarba bo‘ldi, bunday holatga tushaman deb sira o‘ylamagandim. Hayotim yuqori maqsadlar va o‘z futbolim bilan odamlarga zavq ulashishga qaratilgan.

Paragvay xalqining mehr, muhabbat va hurmatini ilk kunlardanoq his qilib turdim. Buning uchun xursandman, ishonch mustahkamlandi. Hammasi yaxshi bo‘lishi uchun duodaman, umid qilamanki, barchasi tez orada yakunlanadi.

Ozod bo‘lganimdan keyin birinchi navbatda onamni quchaman. Shundan keyin bu vaziyatni hazm qilgan holda ishonch va yangi kuch bilan olg‘a yurishda davom etaman”, — deydi Ronaldinyo.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют