» » JSST rahbari koronavirus pandemiyasi hali beri tugamasligidan ogohlantirdi

JSST rahbari koronavirus pandemiyasi hali beri tugamasligidan ogohlantirdi


COVID-19 koronavirus pandemiyasi yaqin vaqtlarda tugamaydi, deb xabar bermoqda “Kommersant”. Bu haqda JSST rahbari Tedros Gebreyesus ma’lum qilgan.

“Pandemiya hali tugallanishdan yiroq. JSST Afrika, Sharqiy Yevropa, Lotin Amerikasi va Osiyoning ayrim mamlakatlarida kasallanish ortib borayotganidan hali ham xavotirda”, — degan Gebreyesus jurnalistlar bilan muloqotda. Uning aytishicha, ushbu davlatlarda testdan o‘tkazish imkoniyati kam bo‘lgani uchun qayd etilgan kasallanish va o‘lim darajalari hammasi ham ma’lum qilinmagani sababli ularda bu ko‘rsatkich past chiqmoqda.

JSST rahbari, shuningdek, cheklov choralarini yumshatayotgan Yevropa davlatlariga qarata murojaat qilib, “Yevropada yangi kasallanish holatlari kamaygani sababli cheklov choralari yumshatilayotgan ekan, biz kasallanish holatlari kamayishda davom etishi uchun davlatlarni COVID-19’ni aniqlash, testdan o‘tkazish, izolyatsiya qilish va har bir aloqalarni kuzatishga chaqirishda davom etamiz”, — degan u.

Mavzuga doir: Italiyada 4-maydan boshlab karantin choralari yengillashtirilishi ma’lum qilindi

Avvalroq JSST koronavirus pandemiyasini vaksinasiz to‘xtatib bo‘lmasligini ma’lum qilgandi. Hozirda dunyodagi o‘nlab laboratoriyalarda vaksina yaratish bo‘yicha ish olib borilmoqda.

Mavzuga doir: JSST vakili koronavirus bilan bog‘liq cheklovlarni vaqtli olib tashlamaslikka chaqirdi

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 3 milliondan oshib ketdi. O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 1904 nafarga yetdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют