» » General Motors O‘zbekistonga 2 mlrd so‘mlik tibbiy uskunalarni yubordi

General Motors O‘zbekistonga 2 mlrd so‘mlik tibbiy uskunalarni yubordi


General Motors kompaniyasi hamda Janubiy Koreyaning avtomobil butlovchi qismlarini yetkazib beruvchi korxonalari tomonidan koronavirusga qarshi kurashni qo‘llab-quvvatlash maqsadida gumanitar yordam sifatida hadya qilingan 2 milliard so‘mlik tibbiy uskunalar 27-aprel, dushanba kuni, Toshkentga keltirildi. Bu haqda “O‘zavtosanoat” ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, O‘zbekistonga 36 ta kardiomonitor va 25 portativ ultratovushli skanerni yetkazib berish General Motors kompaniyasi hamda Janubiy Koreyaning avtomobil butlovchi qismlarini yetkazib beruvchi korxonalari tashabbusi bilan amalga oshirildi.

“Bu GM va koreyalik butlovchi qismlarni yetkazib beruvchilarning yordami. Umid qilamizki, bu O‘zbekistonda inson uchun bebaho sanalgan hayotni saqlab qolishga yordam beradi. Ushbu xavfli virusga qarshi kurashda sizga eng yaxshi tilaklarni tilaymiz”, — deyiladi General Motors kompaniyasining xabarida.

Avvalroq Janubiy Koreya koronavirusga qarshi kurash uchun O‘zbekistonga insonparvarlik yordami yuborgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, Uxanda koronavirusga chalingan bemorlarni davolashda yordam bergan qurilmalar Toshkentga olib kelingandi.

Mavzuga doir: USAID O‘zbekiston aholisining ehtiyojmand qatlamiga xavfsiz oziq-ovqat yetkazdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 30) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют