» » Tramp AQShda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanayotganini ma’lum qildi

Tramp AQShda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanayotganini ma’lum qildi


AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatda koronavirus tarqalishiga bog‘liq vaziyat yaxshilanayotganini ma’lum qildi, deb xabar beradi C-SPAN telekanali.

“Mamlakatning barcha hududi yaxshi holatda, har jihatdan yaxshilanmoqda”, — deydi Tramp.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Nyu-York, Yangi Orlean, Detroyt, Boston va Xyustonda kasallikka chalinish holatlari kamaymoqda. Bundan tashqari, prezident Vashington, Denver, Sietl, Indianopolis, Sent-Luisdagi vaziyat barqaror ekanligi va kasallanish holatlari kamayayotganini bildirdi.

Trampning ma’lum qilishicha, AQSh chindan ham qo‘rqinchli vaziyat bilan to‘qnashgan, biroq mamlakat oldinga harakat qilishda davom etyapti.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda koronavirus bilan kasallanganlar soni 988 mingdan, virus qurbonlari soni 56 mingdan oshdi. Mamlakat COVID-19 bilan kasallanish holatlari bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda ketmoqda. Uning ortidan Ispaniya (229 ming) va Italiya (199 ming) o‘rin olgan. Koronavirus o‘chog‘i hisoblangan Xitoy to‘qqizinchi o‘ringa tushib ketgan.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Donald Tramp 23-aprel kuni mamlakatga keluvchi migrantlar oqimini to‘xtatish haqidagi qarorni imzolagan edi. Ta’kidlanishicha, bu Amerika iqtisodiyoti o‘sishni boshlaganida jamiyatning barcha qatlamlaridagi ishsiz amerikaliklar birinchi bo‘lib bo‘sh ish o‘rniga da’vogarlik qilishini kafolatlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 136) ( 0) ( 135) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют