» » Farg‘onada karantin paytida ziyofat uyushtirgan ayollardan biri jarimaga tortildi, ikki nafari qamaldi

Farg‘onada karantin paytida ziyofat uyushtirgan ayollardan biri jarimaga tortildi, ikki nafari qamaldi


Farg‘onada karantin qoidalarini buzib, ziyofat uyushtirgan ayollardan biri jarimaga tortildi, ikki nafari 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda “Daryo”ga Farg‘ona shahar ma’muriy sudi raisi Solijon Qurbonov ma’lum qilmoqda.

Xabar berilishicha, joriy yil 23-aprel kuni Farg‘ona shahridagi Farg‘ona ko‘chasida yashovchi ayol U.M. karantin qoidalarini buzib, yashash xonadoniga mehmon chaqirgan. Mezbon taklifiga binoan fuqarolar I.A. va M.J. ziyofat qilish uchun to‘planib, spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda qo‘shnilar tinchligini buzgan. Baqir-chaqir qilib, jamoat tartibini buzayotgan ayollar ularni tinchlantirish maqsadida borgan IIB xodimlarining qonuniy talablarini bajarmagan.

Huquqbuzar ayollar ishi sudda ko‘rib chiqilib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik), 54-moddaning 2-qismi (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) hamda 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismi bilan aybli deb topilgan ayollarga qonuniy chora ko‘rilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 88) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют