» » Buxoro hokimligi toshqin va evakuatsiya haqidagi xabarlarni asossiz va yolg‘on deb atadi

Buxoro hokimligi toshqin va evakuatsiya haqidagi xabarlarni asossiz va yolg‘on deb atadi


Buxoro viloyatida Amudaryo tomondan kuchli suv toshqini bo‘lishi va aholi evakuatsiya qilinayotgani haqidagi ma’lumotlar hech qanday asosga ega emas. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi bayonot berdi.

Hokimlik matbuot xizmati fuqarolardan “yuqoridagi kabi yolg‘on xabarlarga ishonib qolmaslik”ni so‘ragan, shuningdek, noto‘g‘ri (yolg‘on) axborot tarqatganlik uchun O‘zbekiston qonunchiligida javobgarlik nazarda tutilganini eslatib o‘tgan.

Ayni vaqtda hokimlik axborotida bunday “asossiz ma’lumotlar”, aholi o‘rtasidagi mish-mishlar nima sababdan paydo bo‘lganiga aniqlik kiritilmagan.

Avvalroq Buxoro viloyatining Qorako‘l va Olot tumanlarida aholi ommaviy tarzda yashash joylarini tashlab, Buxoro shahri tomon ketishni boshlagani haqida xabar berilgan edi. Keyinroq FVV aholi orasida toshqin haqida mish-mish tarqalgani, biroq hozirda barcha tegishli xizmatlar tomonidan tushuntirish ishlari olib borilib, aholi yashash manzillariga qaytarilayotganini ma’lum qilgan edi.

Mavzuga doir: FVV: Qorako‘l va Olotda toshqin haqida asossiz mish-mish tarqalgan. Aholi yashash joylariga qaytarilmoqda

Eslatib o‘tamiz, Buxoro viloyatiga 27-aprel kuni yopirilgan yomg‘ir aralash kuchli shamol oqibatlarini ko‘zdan kechirish maqsadida Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-aprel kuni Buxoroga tashrif buyurdi. U Qorako‘l va Olot tumanlaridagi vaziyat bilan tanishib, Olotda faollar yig‘ilishini o‘tkazdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют