» » Internetda BMW X7’ning “xitoylik” raqobatchisiga oid suratlar paydo bo‘ldi

Internetda BMW X7’ning “xitoylik” raqobatchisiga oid suratlar paydo bo‘ldi


Internetda BMW X7’ga raqobatchi bo‘lishi kutilayotgan Xitoyning Hongqi E115 krossoveri suratlari paydo bo‘ldi, deb xabar qiladi Autorambler.

Suratlardan ko‘rish mumkinki, kamuflyaj qilingan avtomobil 2019-yili Guanchjou avtosalonida namoyish etilgan shou-karning chizgilarini takrorlamoqda. Biroq bu yerda futuristik tashqi ko‘rinish Rolls-Royce uslubidagi ingichka vertikal radiator panjarasi hamda kamuflyaj ortida ham ko‘rinib turgan boshqa detallar bilan boyitilgan.

Seriyali E115 proporsiyalari va o‘lchamlaridan tashqari konseptning yorug‘lik diodli optikasi, ochiluvchi tom va xromlangan orqa oyna tirgaklarini ham o‘zida mujassamlashtirgan. Carscoops tomonidan e’lon qilingan boshqa suratlarda esa krossoverning old qanotlariga gorizontal dekorativ detal o‘rnatilganini ko‘rish mumkin, konseptda u vertikal joylashgan edi.

Orqa tomonida esa konseptdagidek shaklga ega, ularni bog‘lovchi ingichka yorug‘lik diodli fonarlar joylashgan.

Suratlarga ko‘ra, yangi model multimedia displeyi, raqamli qurilmalar va salondagi iqlimni nazorat qilishni boshqaruvchi alohida planshet-ekranga ega bo‘ladi.

Hongqi E11 ikkita elektromotor bilan taklif etiladi: birinchisi — 218 ot kuchli, ikkinchisi esa 299 ot kuchiga ega.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 08:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 33) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют