» » Internetda Samsung Note 8 konseptining suratlari paydo bo‘ldi

Internetda Samsung Note 8 konseptining suratlari paydo bo‘ldi


Internetda Samsung Note 8 konseptining suratlari paydo bo‘ldi. Bu haqda Insider Pro xabar bermoqda.

YouTube’da e’lon qilingan videorolikda Note qatorining yangi gadjeti qanday bo‘lishi aks etgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Note 8 6,4 dyuymli hoshiyasiz ekranga, vertikal yo‘naltirilgan qo‘shkamera moduli hamda ekranga o‘rnatilgan barmoq izlari skaneriga ega bo‘ladi.

Rolik mualliflari S Pen stilusiga ham to‘xtalib o‘tdi. Bundan tashqari, smartfon uch dinamikka hamda naushniklar uchun ulagichga ega bo‘lishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, kompaniyaning o‘zi hali ishlanmaning anonsini bergani yo‘q, shu bois videoda keltirilgan konsept qay darajada haqiqatga yaqinligi hozircha noma’lum.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (4-05-2017, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 117) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют