» » Samsung ta’mirlangan Galaxy Note 7 savdoga qaytishini e’lon qildi

Samsung ta’mirlangan Galaxy Note 7 savdoga qaytishini e’lon qildi


Samsung kompaniyasi Galaxy Note 7 smartfonining sozlangan versiyasi savdosini boshlashni rejalashtirayotganini rasman e’lon qildi, deb yozadi Reuters. Ushbu smartfon akkumulyatorlari portlashi bilan bog‘liq holatlar ko‘p bora qayd etilgani tufayli, u sotuvdan olingan edi.

Kompaniya nazorat organlari va transport agentliklari bilan muzokaralardan so‘ng, modifikatsiyalangan Note 7 qaysi bozorlarda sotilishini aniqlaydi. Kompaniya, shuningdek, chip va modulli kameralar kabi almashtiriluvchi qismlarni sotishni hamda eski Galaxy Note 7’lardan ajratib olingan xomashyodan qayta foydalanishni rejalashtirmoqda.

Fevral oxirida OAVlar Samsung Electronics’ning ta’mirlangan Galaxy Note 7 smartfonlarini rivojlanayotgan bozorlarda sotish rejalaridan xabar topgan edi.

Опубликовано: admin (28-03-2017, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют