» » Buyuk Britaniyada koronavirus qurbonlarining soni 21 mingdan oshib ketdi

Buyuk Britaniyada koronavirus qurbonlarining soni 21 mingdan oshib ketdi


Buyuk Britaniyada 28-aprel holatiga ko‘ra, bir sutka ichida 586 nafar odam koronavirus infeksiyasidan vafot etdi. Kasallanganlar soni 3996 nafarga ko‘paygan, vafot etganlarning umumiy soni esa 21,6 mingga yetgan. Bu haqda qirollik sog‘liqni saqlash vaziri Mett Henkok Dauning-stritda har kuni o‘tkaziladigan brifingda ma’lum qilgan, deb yozmoqda Reuters.

COVID-19 sabab vafot etganlarning umumiy soni 21 678 nafarni tashkil qilgan (bir kun avval ushbu raqam 21 092 ga teng edi), kasallanganlar esa 161 145 nafarni (bir kun avval 157 149) tashkil qilmoqda, degan vazir.

26-aprelda e’lon qilingan statistikada Britaniyada 360 kishi koronavirusdan o‘lgani va bu oxirgi to‘rt hafta ichidagi eng past ko‘rsatkich ekani ma’lum qilingandi. Biroq xabardor qilish tizimlari dam olish kunlari to‘liq ishlamaydi, shu sababli 28-aprelga borib raqam kutilganidan ko‘ra kattaroq ekani ma’lum bo‘ldi: kasallanganlar soni esa 4 310 nafarga ko‘paygan.

Mavzuga doir: 

Avvalroq Buyuk Britaniyada karantin choralari yengillashtirilishi kutilayotgani, britaniyalik 99 yoshli qariya bog‘ida sayr qilib koronavirusga qarshi kurashga 30 million funt to‘plagani, Londonda o‘pkani sun’iy nafas oldirish apparatida 10 kun yotgan bemor taassurotlarini gapirib bergani haqida xabarlar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют