» » Argentinada koronavirus sabab futbol mavsumi muddatidan avval yakunlandi

Argentinada koronavirus sabab futbol mavsumi muddatidan avval yakunlandi


Argentina futbol assotsiatsiyasi koronavirus pandemiyasi sabab barcha mahalliy futbol musobalarini muddatidan avval yakunladi.

Assotsiatsiya ikki mavsum davomida oliy divizionni hech qaysi jamoa tark etmasligini ma’lum qilgan. Tashkilot prezidenti Klaudio Tapianing ma’lum qilishicha, mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilangan taqdirdagina chempionat o‘yinlari boshlanadi.

Shu tariqa, Diyego Maradona qo‘l ostidagi “Ximnasiya” klubi oliy divizionda qoladigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Argentina chempionatini tark etuvchi jamoaning nafaqat joriy mavsumdagi o‘rni, balki avvalgi ikki mavsumdagi natijalari ham inobatga olinadi. To‘plangan ochkoning o‘tkazilgan o‘yinlarga nisbati bilan o‘rtacha koeffitsiyent hisoblanadi. Uchta eng yomon ko‘rsatkichli jamoa musobaqa bilan xayrlashadi. Eng past ko‘rsatkich “Ximnasiya”da bo‘lib turgandi (1,053 — 76 o‘yinda 80 ochko), garchi jamoa joriy mavsum 24 ishtirokchi orasida 19-o‘rinda borayotgan bo‘lsada.

Argentina joriy mavsumi 23-turga kelib to‘xtab qolgandi. Musobaqa jadvalida “Boka Xuniors” (48) va “River Pleyt” (47) yetakchilik qilayotgandi.

Avvalroq Niderlandiya va Fransiyada ham futbol chempionatlarining joriy mavsumi bekor qilingandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 125) ( 0) ( 123) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют