» » Yangi aeroport Toshkent markazidan 25 kilometr uzoqlikka joylashtirilishi mumkin

Yangi aeroport Toshkent markazidan 25 kilometr uzoqlikka joylashtirilishi mumkin


Toshkent shahar hokimligining “Toshkent shahrini 2041-yilgacha rivojlantirish bosh reja loyihasini ishlab chiqishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Toshkent shahar hokimligi, “ToshkentboshplanLITI” DUK, Kentsel Yenileme Merkezi A.S. (Turkiya) kompaniyasi ishtirokida Toshkent shahrini 2041-yilgacha rivojlantirish bo‘yicha bosh reja konsepsiyalari ishlab chiqilgan.

Bosh reja konsepsiyasining asosiy qoidalariga ko‘ra, uzoq istiqbolga, atrof-muhit va ekologiyani yaxshilash va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha shahardan (shahar markazidan 24-25 kilometr) janub tomonga 9 kilometr uzoqlikda yangi Toshkent aeroportini joylashtirish ko‘zda tutilgan.

Loyihaga ko‘ra, aeroportning hozirgi mavjud hududi (markazdan 5-6 kilometr uzoqlikda) istiqbolda qisman cheklovda foydalanish uchun saqlab qolinadi.

Shaxsiy avtomobil transportining miqdor jihatidan o‘sishida barcha jamoat transportlarining turlarini takomillashtirish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Elektrobuslar kabi yangi ekologik transport turlarini joriy qilish, jamoat transporti uchun ajratilgan chiziqlarni yaratish, velosiped yo‘lakchalari tizimini yaratish mo‘ljallangan.

Magistral ko‘chalarning hisob-kitob muddatiga ko‘ra uzunligi 1502,2 kilometrni, jumladan, uzluksiz harakatlanish magistrali 353,6 kilometrni tashkil etadi.

Yirik transport muhandislik qurilmalarining soni hisob-kitob muddati bo‘yicha 59 ta qurilmaga yetadi. Metropoliten tizimi tezyurar, ekologik va ko‘p yo‘lovchi sig‘imiga ega jamoat transporti sifatida yanada rivojlantiriladi, yangi qurilishga yerosti kabi bo‘lganidek, yerusti liniyalarini qurish mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, poytaxt aeroportining yangi Toshkent-4 xalqaro yo‘lovchi terminali 2019-yil oxirigacha qurib bitkazilishi kerak edi. Janubiy Koreya ko‘magida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan loyihaning qiymati 430 million dollardan ziyod. Biroq xalqaro terminali qurilishi aholi e’tiroz bildirishi ehtimoli sabab to‘xtatilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют