» » Paulo Dibalaning to‘rtinchi tahlilidan ham koronavirus topildi. Futbolchi bir oydan beri davolanmoqda

Paulo Dibalaning to‘rtinchi tahlilidan ham koronavirus topildi. Futbolchi bir oydan beri davolanmoqda


“Yuventus” klubi hujumchisi Paulo Dibalaning koronavirusga topshirgan qon tahlili yana ijobiy natijani ko‘rsatdi, deya xabar qilmoqda El Chiringuito.

Ta’kidlanishicha, argentinalik futbolchining so‘nggi olti hafta ichidagi to‘rtinchi tahlili Pauloda infeksiya borligini ko‘rsatgan. Mart oyida Dibala va uning qaylig‘i Oriana Sabatini koronavirus bilan kasallangani ma’lum bo‘lgandi. Aprel oyida esa dastlabki natijalar COVID-19 virusining yo‘qligini ko‘rsatgan, biroq ko‘p o‘tmay juftlikning tahlillari yana ijobiy natija bergandi.

Endi futbolchi jiddiy davolanish jarayonidan o‘tadi, sababi “Yuventus” may oyida mashg‘ulotlarni boshlash niyatida.

Italiyada 29-aprel holatiga koronavirus yuqtirib olganlar soni 201 mingdan oshdi. 69 ming nafarga yaqin kishi sog‘aygan bo‘lsa, qurbonlar soni 27 mingdan oshgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют