» » Qorako‘lda elektr tayanch ustunlarini tiklash ishlari boshlandi. Unga 70 ga yaqin mutaxassis jalb qilingan

Qorako‘lda elektr tayanch ustunlarini tiklash ishlari boshlandi. Unga 70 ga yaqin mutaxassis jalb qilingan


O‘zbekiston hududi bo‘ylab 27—28-aprel kunlari yuz bergan kuchli shamol natijasida ishdan chiqqan elektr tarmoqlarining faoliyati qayta tiklanmoqda. Ayni paytda tabiiy ofatdan eng ko‘p talafot ko‘rgan hudud — Buxoro viloyatida havo tarmoqlarini tiklash ishlari davom etmoqda, deb xabar beradi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmati.

Xususan, zarar yetgan tayanch ustunlarini ta’mirlash hamda yangilash ishlari bilan bir nechta brigadalar tomonidan tonggi soat 06:00 dan tungi 00:00 ga qadar ish rejimi yo‘lga qo‘yilgan.

Misol uchun, viloyatning Qorako‘l tumani “Tayqir” MFY hududidagi cho‘l zonasida 70 nafardan ortiq mutaxassis-xodim “Hamza-2” liniyasining tayanch ustunlarini tiklash bilan shug‘ullanyapti.

“Tayqir qishlog‘ida ish olib borayotgan energetiklar tasarrufida 4 ta avtokran, 1 ta buldozer, 2 ta ekskavator, 3 ta tayanch ustuni tashish yuk avtomobillari hamda 5 ta maxsus ustaxonali yuk mashinasi mavjud. Ular yuqori kuchlanishli havo tarmog‘ining 8 ta tayanch ustunini tiklamoqda”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda yuz bergan kuchli shamol sababli ishdan chiqqan elektr tarmoqlarining ishi qayta tiklanmoqda

Eslatib o‘tamiz, Buxoroda 27-aprel shamolidan so‘ng Qorako‘l va Olot tumanlari bilan aloqa uzilib qoldi. Aynan elektr simlarining uzilib tushishi bir kishining umriga zomin bo‘lgan. Bundan tashqari, kuchli shamoldan so‘ng Buxoro, Navoiy, Sirdaryo va Samarqanddagi salkam 140 ming xonadon gazsiz qolgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 25) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют