» » O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar 1100 nafardan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar 1100 nafardan oshdi


O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 30-aprel kuni 7 kishiga ko‘payib, jami sog‘ayganlar 1103 nafarga yetdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Sog‘ayganlarning 6 nafari Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasidan, 1 nafari shahar 3-sonli tug‘ruq majmuasidan bo‘lib, ular Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatilgan.

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida sog‘ayganlarning 3 nafari Toshkent shahridan, Buxoro, Andijon va Toshkent viloyatlaridan 1 nafardan. Ularning 2 nafari Rossiyadan, 1 nafari Turkiyadan kelgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida mazkur klinikaga yotqizilgan. Qolgan 3 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 3 nafari erkak, 3 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 54 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 20 yoshda.

Qayd etilishicha, shahar 3-sonli tug‘ruq majmuasida tuzalgan 29 yoshli homilador ayol Toshkent shahridan bo‘lib, joriy yil 26-mart kuni Turkiyadan charter reys bilan kelgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, mazkur tug‘ruq majmuasiga yotqizilgan. So‘nggi tekshiruvlar unda infeksiya yo‘qligini, homilasi esa rivojlanish bosqichida ekanligini ko‘rsatgan.

Ayni paytga qadar O‘zbekiston bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1103 nafarga yetdi. Qayd etish joiz, 28-apreldan buyon sog‘ayganlar soni ayni vaqtda kasallikdan davolanayotganlar sonidan ko‘p bo‘lib turibdi.

Koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni esa 30-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, 2017 nafarga yetdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют