» » Ukraina firmasi elektromotorga ega furgon-transformer yaratadi

Ukraina firmasi elektromotorga ega furgon-transformer yaratadi


Ukrainaning Murmuration Technology kompaniyasi o‘zining Facebook’dagi sahifasi orqali CoolOn tijoriy elektrokari tasvirlarini joylashtirdi. Loyiha mualliflarining g‘oyasiga ko‘ra, furgon-transformer yechiluvchi yuk bo‘lmasiga, batareya moduli va xohishga qarab bir necha elektromotorga ega bo‘ladi, deb xabar beradi Motor.

CoolOn’ning uzunligi, eni va balandligi mos ravishda 5000, 1700 va 2100 millimetrga teng, bu esa uning Canoo shattlidan kattaroq ekanligini ko‘rsatadi. Mashinani jihozlashda imkon boricha mahalliy sharoitda ishlab chiqarilgan mahsulotlardan foydalaniladi. Yuk bo‘lmasi — yechiluvchan. Uning o‘rniga pikapdagi kabi kuzov, manipulyator yoki ko‘chalarni tozalashga mo‘ljallangan maxsus qurilma o‘rnatish mumkin.

Shuningdek, modelga quvvati 40 kilovatt/soatga teng litiy-temir-fosfatli batareya o‘rnatiladi. U bir marta quvvatlanish orqali 200 kilometr masofa bosish imkonini beradi.

Murmuration firmasi CoolOn’ga 30-80 kilovatt quvvatga ega o‘zining reaktiv ventil elektromotorlarini o‘rnatish niyatida. Ularda mis kam va magnitlar yo‘q, shu sababli bu mahsulot narxining arzonroq bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatadi.

Mavzuga doir: 1500 ot kuchiga ega Triton elektroyo‘ltanlamasi bir marta quvvatlanish orqali 1127 km yo‘l bosadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 111) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют