» » Surxondaryoda qarama-qarshi yo‘lga chiqqan Matiz velosipedchining o‘limiga sababchi bo‘ldi

Surxondaryoda qarama-qarshi yo‘lga chiqqan Matiz velosipedchining o‘limiga sababchi bo‘ldi


30-aprel kuni soat 18:30 larda Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida odam o‘limi bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

Hodisa “Hayitobod” mahallasi hududidan o‘tuvchi xalqaro M-41 Bishkek—Dushanbe—Termiz avtomobil yo‘lining 1575-kilometrida sodir bo‘lgan. 1997-yilda tug‘ilgan S.R. boshqaruvidagi Matiz quvib o‘tish manyovrini bajarish uchun qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan. Qarshisidan harakatlanib kelayotgan avtomobil bilan to‘qnashmaslik maqsadida S.R. o‘z avtomobilini chapga olib, Jarqo‘rg‘on—Surxon yo‘nalishida qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan velosipedchi 1965-yilda tug‘ilgan A.Q.ni urib yuborgan.

A.Q. og‘ir tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan.

Aprel oyining oxirgi haftasida odam o‘limi bilan yakunlangan bir necha YTH sodir bo‘ldi. 27-aprel kuni Surxondaryoning Sho‘rchi tumanida Nexia va “Kamaz” to‘qnashuvi oqibatida yengil mashinaning 27 yoshli yo‘lovchisi, Toshkentda “Gazel” va Hyundai Porter to‘qnashuvi oqibatida yuk mashinasining 55 yoshli haydovchisi, 28-aprel kuni Sho‘rchi tumanida Nexia va “Zil” to‘qnashuvi oqibatida yengil mashinaning 29 yoshli haydovchisi, 29-aprel kuni Jizzaxning Paxtakor tumanida Matiz ag‘darilib ketishi oqibatida 25 yoshli haydovchi va 13 yoshli yo‘lovchi vafot etgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют