» » Jahon banki Tojikistonda 21 ming nafar odam koronavirusdan vafot etishi mumkinligini taxmin qildi

Jahon banki Tojikistonda 21 ming nafar odam koronavirusdan vafot etishi mumkinligini taxmin qildi


Tojikistonda COVID-19 koronavirus infeksiyasining tarqalishi oqibatida 72 mingdan 230 ming 500 nafargacha odam kasallikka chalinishi mumkin, deyiladi Jahon banki tomonidan e’lon qilingan Tojikiston Respublikasida COVID-19 koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi favqulodda kurash bo‘yicha loyihada.

Kasallanganlar orasida og‘ir holat 13 600 nafardan 43 500 nafargacha aholida kuzatilishi prognoz qilinmoqda va ular intensiv terapiya hamda jonlantirish bo‘limlarida davolanadi. Tojikistonda 6 ming nafardan 21 ming nafargacha odam koronavirus oqibatida vafot etishi mumkin.

Loyihada tibbiyot sohasi aralashuvisiz chora-tadbirlarni amalga oshirish, xususan, COVID-19 bilan kasallanganlarni uy sharoitida izolyatsiya qilish, o‘z xohishi bilan uyda o‘tirish, 70 yoshdan katta odamlar guruhlarida ijtimoiy masofa saqlash, maktablar va universitetlarni yopish ko‘zda tutilgan.

Ushbu choralar kasallikning aholi orasida tarqalishini cheklashi taxmin qilinmoqda.

“Ushbu tadbirlarning eng samarali, COVID-19’ning tarqalishini cheklab qo‘yadigan, og‘ir kasallanish va o‘lim holatlarini 49 foizga kamaytiradigan uslubi uy sharotida koronavirusdan saqlanib, ‘o‘z-o‘zini yakkalash’, uyda karantinda o‘tirish va 70 yoshdan katta kishilarning ijtimoiy masofa saqlash tartibiga rioya qilishidir. Taxminlarga ko‘ra, ushbu tartiblarga amal qilish Tojikistonda 3200 dan 10 300 gacha kuzatilishi mumkin bo‘lgan o‘limlar soni hamda 6600 dan 21 300 gacha bo‘lishi prognoz qilinayotgan kasallikning og‘ir o‘tishi holatlarini kamaytiradi”, — deya xulosa qilgan Jahon banki tahlilchilari.

Ushbu loyihani amalga oshirish uchun Jahon banki direktorlar kengashi aprel boshida Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi mablag‘lari hisobidan grant asosida moliyalashtirish loyihasini amalga oshirish uchun 11,3 million dollar miqdorida pul ajratgan.

Eslatib o‘tamiz, 27-aprelda Tojikistonda koronavirusga chalinish holati qayd etilgani rasman e’lon qilinishi kutilayotgani haqida xabar berilgan, keyinchalik 30-aprelda mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlarning borligi e’lon qilingan. Bu haqda bosh vazir Qohir Rasulzoda raisligidagi koronavirus yoki COVID-19 pandemiyasiga qarshi profilaktika ishlari bo‘yicha Respublika shtabi ma’lum qilgan.

Tojikiston Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya vazirligi 29-aprel holati bo‘yicha mamlakatda 15 kishida koronavirus aniqlanganini ma’lum qildi: 10 ta holar So‘g‘d viloyatida va 5 tasi Dushanbe shahrida.

1-fevraldan 30-aprel tongiga qadar Tojikistonda 10 ming 937 nafar odam karantinga olingan, ular orasida mamlakat fuqarolari ham, xorijliklar ham bor, 8 ming 438 nafar kishi karantindan chiqarilgan.

Mavzuga doir: JSST Rossiyadan Tojikiston va Turkmanistonda epidemiyaga qarshi kurashish borasida yordam so‘radi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 45) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют