» » Boysunda yo‘lning xavfli burilish qismida yuk mashinasi beton to‘siqqa urildi. Haydovchi vafot etdi

Boysunda yo‘lning xavfli burilish qismida yuk mashinasi beton to‘siqqa urildi. Haydovchi vafot etdi


Surxondaryo viloyati Boysun tumanida 1-may, juma kuni, odam o‘limi bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXBB xabar bermoqda.

Hodisa soat 17:00 larda Toshkent—Termiz M-39 avtomobil yo‘lining 1322-kilometrida yuz bergan. 1990-yilda tug‘ilgan J.B. boshqaruvidagi Volvo FH12 42T yuk mashinasi yo‘lning xavfli burilish qismini anglatuvchi yo‘l belgisi o‘rnatilganligiga qaramasdan tezlikni me’yoridan oshirgan. Burilish qismida haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi beton to‘siqqa borib urilgan.

J.B. ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay og‘ir tan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Boysun tumani IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

YHXBB joriy hafta odam o‘limi bilan yakunlangan 5 ta YTH haqida ma’lumot bergandi. Ulardan 4 tasi Surxondaryo viloyati hududida ro‘y bergan. 27-aprel kuni Surxondaryoning Sho‘rchi tumanida Nexia va “Kamaz” to‘qnashuvi oqibatida yengil mashinaning 27 yoshli yo‘lovchisi, Toshkentda “Gazel” va Hyundai Porter to‘qnashuvi oqibatida yuk mashinasining 55 yoshli haydovchisi, 28-aprel kuni Sho‘rchi tumanida Nexia va “Zil” to‘qnashuvi oqibatida yengil mashinaning 29 yoshli haydovchisi, 29-aprel kuni Jizzaxning Paxtakor tumanida Matiz ag‘darilib ketishi oqibatida 25 yoshli haydovchi va 13 yoshli yo‘lovchi, Surxondaryoning Jarqo‘rg‘on tumanida Matiz velosipedchini urib yuborishi oqibatida 55 yoshli velosipedchi vafot etgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют