» » Shavkat Mirziyoyev Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida bo‘lib, aholi bilan suhbat qildi, so‘ngra Toshkentga qaytib keldi

Shavkat Mirziyoyev Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida bo‘lib, aholi bilan suhbat qildi, so‘ngra Toshkentga qaytib keldi


Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga tashrifi davomida Sardoba tumanidan tashqari Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida ham bo‘ldi. Bu yerlarda ham mutasaddi xodimlar favqulodda hodisa yetkazgan zarar, ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida Prezidentga axborot berdi, deyiladi Prezident matbuot xizmatining xabarida.

Axborot bo‘yicha suv toshqini Oqoltin tumanining “Shodlik” va “Ahillik” mahallalariga ham zarar yetkazgan. Ularda yashayotgan 11 mingdan ziyod aholi Guliston shahri hamda Jizzax viloyatining Mirzacho‘l va Do‘stlik tumanlariga evakuatsiya qilingan. Ushbu noxush voqea oqibatida tumandagi jami 13 ming 397 gektar paxta, g‘alla va poliz ekinlariga zarar yetgan.

Prezident mutasaddilarga har bir xonadon egalari bilan gaplashib, ularning uy-joylarini ta’mirlash, yaxshi sharoiti mavjud xonadonlarga aholini qaytarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Mirzaobod tumanida nuroniylar, mahalla oqsoqollari va faollari, jamoatchilik vakillari bilan uchrashuv bo‘ldi.

Ushbu tuman ham suv toshqini katta ta’sir ko‘rsatgan hududlardan biri. “Navbahor”, “Haqiqat”, “Bahoriston” hamda “Yo‘ldoshobod” mahallalarida yashovchi qariyb 15 ming aholi tumanning “Yangiobod” mahallasi hamda Yangiyer shahriga joylashtirilgan. Jami 7084 gektar qishloq xo‘jaligi maydoniga zarar yetgan.

Shavkat Mirziyoyev qurilish-ta’mirlash ishlarini xalq bilan maslahatlashib amalga oshirish, dehqon va fermerlar muammolarini joyiga chiqqan holda hal etish zarurligini ta’kidladi.

Aholi vakillari davlat rahbariga shunday qiyin vaziyatda xalq bilan birga bo‘lgani, qisqa vaqtda katta ishlar qilinib, hayot izga tushayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Shu yerda hukumat a’zolari, mutasaddi rahbarlar bilan qishloq xo‘jaligi maydonlarini qayta foydalanishga kiritish, shikast yetgan yo‘l va ko‘priklarni ta’mirlash masalalari muhokama qilinib, chora-tadbirlar belgilandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytib keldi, deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: 

Avvalroq Shavkat Mirziyoyevning yana Sirdaryoga borgani va Sardoba suv ombori hududidagi tiklash-ta’mirlash ishlari bilan tanishgani, tumandagi “Qo‘rg‘ontepa” mahallasini borib ko‘rgani, u yerda aholi bilan suhbatlashgani haqida xabarlar berilgandi.

Mavzuga doir: 

Sirdaryo viloyatida 1-may kuni tongda Sardoba suv ombori to‘g‘oni piketlaridan birining yorilib ketishi oqibatida suv toshqini yuz bergan; kamida 56 kishi turli tan jarohatlari bilan kasalxonalarga yotqizilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 113) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют