» » Qashqadaryolik 11 yoshli Mirzohid o‘zi yig‘ib yurgan 12 ming so‘m pulini Sardoba uchun xayriya yordamiga qo‘shdi

Qashqadaryolik 11 yoshli Mirzohid o‘zi yig‘ib yurgan 12 ming so‘m pulini Sardoba uchun xayriya yordamiga qo‘shdi


Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida yuz bergan falokatdan so‘ng butun O‘zbekiston suv toshqinidan jabr ko‘rgan vatandoshlarga yordam qo‘lini cho‘zdi. Qayd etishlaricha, xayriya yordami hajmi shu qadar ko‘p bo‘lganki, 3-may holati oqshomiga kelib sirdaryolik vatandoshlarning yordamga ehtiyoji qolmagani ma’lum qilindi.

Mavzuga doir: Toshkent shahar hokimligi Sardobada suv toshqinidan jabr ko‘rganlarga barcha mahsulotlar yetkazilgani va ularda hozircha ehtiyoj yo‘qligini bildirdi

Shunga qaramay, hududlarda tashkil etilgan xayriya yordamini qabul qilib olish markazlariga murojaatlar davom etmoqda, yosh-u qari jarayonga o‘z hissasini qo‘shishga harakat qilmoqda. Qashqadaryoda qayd etilgan holat ayniqsa e’tiborga molik — Qarshi shahrining “Beklar” mahallasida yashovchi 11 yoshli Mirzohid G‘ulomjonov o‘zi yig‘ib yurgan 12 ming pulini keltirib, xayriya yordamiga qo‘shgan.

Qayd etish joiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-may kuni suv toshqinidan jabr ko‘rgan sirdaryoliklar bilan uchrashuvida “bir-birimizga mehrimiz katta, bag‘rimiz kengligini butun dunyo ko‘rib turibdi, bu talofatdan qudratli bo‘lib, bir-birimizga mehrimiz oshib chiqishimiz kerak”, deb ta’kidlagan edi.

Mavzuga doir: Sardobadan hikoyalar



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 118) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют