» » Messi va Kakada keskin yuqorilash, top-10 ga kira olmagan Ronaldu. 2007-yilning eng qimmatbaho futbolchilari (foto)

Messi va Kakada keskin yuqorilash, top-10 ga kira olmagan Ronaldu. 2007-yilning eng qimmatbaho futbolchilari (foto)


Transfermarkt portali 2007-yilning eng qimmat futbolchilari ro‘yxatini yodga oldi va ulardan tuzilgan ramziy terma jamoani taqdim etdi.

2007-yilda ham “Barselona” sobiq hujumchisi Ronaldinyo dunyoning eng qimmat futbolchisi nomini saqlab qolgandi (80 mililon yevro). Biroq keyingi ikki o‘rinda yangi nomlar paydo bo‘ladi. Yosh iqtidor egalari Kaka (70 million yevro)  va Lionel Messi (60 million yevro) reytingda katta o‘sishga erishadi. Shu yili Kaka “Oltin to‘p”ga egalik qilgandi. O‘sha vaqtlari porlab kelayotgan yana bir iqtidor egasi Krishtianu Ronaldu (34 million yevro) kuchli o‘nlikdan joy ololmagandi.

2007-yilning eng qimmat o‘n futbolchisi:

1. Ronaldinyo — 80 million yevro

2. Kaka — 70 million yevro

3. Lionel Messi — 60 million yevro

4. Tyerri Anri — 50 million yevro

5. Andrey Shevchenko — 46 million yevro

6. Rud van Nistelroy — 40,5 million yevro

7. Franchesko Totti — 40 million yevro

8. Frenk Lempard — 39,8 million yevro

9. Stiven Jerrard — 38,5 million yevro

10. Didye Drogba — 38,5 million yevro

To‘liq ro‘yxat:

2007-yilning eng qimmat futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoa esa quyidagicha ko‘rinish oldi:

Darvozabon: Janluiji Buffon (33 million yevro);

Himoyachilar: Jon Terri (33), Pepe (30), Karles Puyol (30);

Yarim himoyachilar: Frenk Lempard (39,75), Stiven Jerrard (38,5), Kaka (70), Ronaldinyo (80), Lionel Messi (60);

Hujumchilar: Tyerri Anri (50), Andrey Shevchenko (46).

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют