» » Qozog‘iston TIV: Suv toshqini yuzasidan O‘zbekistonga nota yuborilmaydi

Qozog‘iston TIV: Suv toshqini yuzasidan O‘zbekistonga nota yuborilmaydi


Qozog‘istonning Turkiston viloyatida turar joylarni suv bosganligi sababli O‘zbekiston tomoniga nota yuborish masalasi ko‘rib chiqilmaydi. Bu haqda Qozog‘iston TIVning rasmiy vakili Aybek Smadiyarov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Kazinform.

Aybek Smadiyarovning aytishicha, O‘zbekiston hududidagi Sardoba suv omborining buzilishi va Turkiston viloyatidagi bir qator aholi punktlarini suv bosishi hukumatning alohida nazorati ostida.

“Ma’lumki, shu yil 2-may kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqot qildi va suhbat davomida tomonlar vaziyatni muhokama qildi hamda ikki mamlakat hukumatlari birgalikda ishlashiga kelishib oldi”, — degan u.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Sardoba suv omboridagi favqulodda hodisani Qozog‘iston prezidenti bilan muhokama qildi

Vazirlik rasmiy vakilining aytishicha, suv toshqinining oqibatlarini birgalikda bartaraf etish bo‘yicha hukumat va chegaraoldi hududlar rahbarlarining o‘zaro yaqin hamkorligini hisobga olgan holda, O‘zbekiston tomoniga Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligining notasini yuborish masalasi ko‘rib chiqilmaydi.

“Turkiston viloyati hokimi Umrzoq Shukeyev shoshilinch ravishda O‘zbekistonning qo‘shni viloyatlariga tashrif buyurgan. U o‘zbek tomoni bilan zarur muzokaralar olib bordi va uning natijalari to‘g‘risida hukumatning bugungi yig‘ilishida hisobot berdi. Ma’lumki, bosh vazir o‘rinbosari Roman Sklyar boshchiligidagi hukumat komissiyasi tuzilgan. Ertaga u birgalikda harakatlar algoritmini ishlab chiqish uchun Turkiston viloyati va O‘zbekistonga tashrif buyuradi”, — deb qo‘shimcha qilgan u.

Mavzuga doir: Qozog‘iston rasmiylari Sardobadagi toshqinni muhokama qilish uchun O‘zbekistonga kelmoqda

Shuningdek, ikki tomon o‘rtasidagi barcha aloqalar “Abadiy do‘stlik va strategik sheriklik to‘g‘risida”gi shartnoma va “Transchegaraviy suv oqimlari va xalqaro ko‘llarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi konvensiya qoidalariga to‘la mos ravishda amalga oshirilishini ta’kidlagan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 25) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют