» » Misrlik tennischi bir umrga sportdan chetlatildi. Ikki yil avval uning akasi diskvalifikatsiya qilingandi

Misrlik tennischi bir umrga sportdan chetlatildi. Ikki yil avval uning akasi diskvalifikatsiya qilingandi


Misrlik tennischi Yussef Hussam kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgani sabab bir umrlik diskvalifikatsiya oldi. Bu haqda tennisdagi nomaqbul hodisalar bilan kurash tashkiloti (TIU) ma’lum qildi.

Hussam 21 ta holatda kelishilgan o‘yin va totalizator bilan bog‘liq qoidalarni buzganlikda aybdor deb topilgan.

21 yoshli sportchi hozirda jahon reytingida 820-o‘rinni egallab turibdi. 2017-yilda u top-300 talikka kirgandi.

Ma’lumot uchun, Yussefning akasi Karim ham 2018-yilda kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgani uchun TIU tomonidan butun umrga diskvalifikatsiya qilingandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 104) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют