» » O‘zbekistonda totalizator va kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etayotgan shaxslar aniqlandi

O‘zbekistonda totalizator va kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etayotgan shaxslar aniqlandi


O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi qoshida tashkil etilgan maxsus inspeksiya totalizator va kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etayotgan shaxslarni aniqladi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, “Zarangari” futbol klubi rahbari Furqat Toirovning Professional futbol ligasiga taqdim etgan xati asosida O‘FA maxsus inspeksiyasi surishtiruv ishlarini olib borgan.

Xatda “Zarangari” futbol klubining besh nafar futbolchisi kelishilgan o‘yinlarda gumon qilinayotgani aytilgan bo‘lib, ularning ism-shariflari aniq ko‘rsatib o‘tilgan. Ma’lum bo‘lishicha, klub rahbariyatining o‘zi nohalol futbolga yo‘l ochib bergan va bu ishga unamagan futbolchilarni tuhmat tariqasida jamoadan chetlashtirish chorasini ko‘rmoqchi bo‘lgan.

Qayd etilishicha, “Zarangari” futbol klubi rahbari Furqat Toirov “Zarangari”da moliyaviy muammolar borligini ro‘kach qilib, jamoaning barcha ishlariga endilikda Sherzod Sattorov javobgar bo‘lishini futbolchilarga rasman ma’lum qilgan (Sherzod Sattorov Professional futbol ligasi ro‘yxatidan “Ittifoq—Buxoro” futbol klubi bosh murabbiyi sifatida o‘tgan). “Zarangari” futbolchilari Toirovdan hozirgi kungacha bo‘lgan moliyaviy hisob-kitobni qilishini talab qilgan. Mana shu masala sabab muammo kelib chiqqan.

Xabarda aytilishicha, keyinroq Sattorov barcha masalani o‘zi hal qilishini, kerak bo‘lsa transfer oynasi ochilmayoq yangi futbolchilarni jamoaga olib kelishga qudrati yetishi haqida aytgan. Oylikdan tashqari pul ishlash niyatida bo‘lgan futbolchilar uning ko‘rsatmasi bilan totalizatorda ishtirok etishlari kerakligini uqtirmoqchi bo‘lgan.

O‘FA maxsus inspeksiyasi esa Furqat Toirov hamda Sherzod Sattorovlarning futbolchilar bilan suhbatlari yozilgan audioyozuvni to‘liq qo‘lga kiritgan.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Intizom va odob-axloq (etika) qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, “Ittifoq-Buxoro” jamoasi bosh murabbiyi Sherzod Sattorov bir umrga futbolga aloqador barcha faoliyatdan chetlatilgan.

Shuningdek, audioyozuvlarga ko‘ra, Sattorov O‘FA hamda PFLning ayrim xodimlarini haqorat qilgan, ularga jiddiy tuhmatlar yog‘dirgan.

O‘FA Intizom va odob-axloq (etika) qo‘mitasi “Zarangari” futbol klubi rahbari Furqat Toirovni 1 yilga futboldan chetlatib, 20 million so‘m jarima solingan. Ta’kidlanishicha, keyingi tekshiruvlar jarayonida uning ham kelishilgan o‘yinlarga aloqadorligi fakti topilsa, jazo o‘zgartiriladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 70) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют