» » O‘FA futbolchilarni o‘yinni sotishga undagan Ilhom Mo‘minjonovni 5 yilga, unga yordam bergan Dilshod Jabborovni esa mavsum oxiriga qadar futboldan chetlashtirdi

O‘FA futbolchilarni o‘yinni sotishga undagan Ilhom Mo‘minjonovni 5 yilga, unga yordam bergan Dilshod Jabborovni esa mavsum oxiriga qadar futboldan chetlashtirdi


O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining odob-axloq qo‘mitasi Namanganning “Navbahor” klubi sobiq bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonovni 50 million so‘m jarimaga tortib, 5 yilga futbolga oid barcha faoliyatdan chetlatdi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida xabar berildi.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi odob-axloq qo‘mitasining 2019-yil 20-fevraldagi 02/2019-sonli yig‘ilish qaroriga asosan, O‘FA Futbol faoliyatini nazorat qilish boshqarmasiga Namanganning “Navbahor-Lochinlari” PFK klubi sobiq bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonovning kelishilgan o‘yinlarga aloqadorligi yuzasidan o‘rganish va surishtiruv ishlarini olib borish yuklatilgan.

Ma’lum qilinishicha, boshqarma tomonidan Ilhom Mo‘minjonovning faoliyatiga qonuniy baho berish maqsadida u bilan birga faoliyat olib borgan futbolchilar va rasmiy shaxslar suhbatga chaqirilib, ular bilan suhbatlar o‘tkazilgan. Aniqlangan ma’lumotlar natijasida yig‘ilgan bir qator hujjat-dalillar ko‘rib chiqish uchun O‘FA odob-axloq qo‘mitasiga taqdim qilingan.

Qo‘mita ham taqdim qilingan hujjat va dallilarni o‘rganib chiqib, 1-aprel kuni O‘FA binosida yakuniy yig‘ilishini o‘tkazgan.

Quyidagi yig‘ilishda qabul qilingan qaror matni to‘la holicha keltiriladi:

1. “Navbahor lochinlari” PFKning sobiq bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov 2017-yil mavsumida kelishilgan o‘yinlarni tashkil qilish, jumladan, o‘yin natijasiga ta’sir qilish maqsadida “Navbahor lochinlari” PFKning bir qator futbolchilarini o‘yinni sotishga undagani uchun, O‘FA intizom kodeksining 5.44. bandiga asosan:

- 50.000.000 (ellik) million so‘m miqdoridagi jarimaga tortilsin

- O‘FA Intizom va odob-axloq (etika) qo‘mitasining 2010 yil 2-fevraldagi 01/2019-sonli yig‘ilish qarori bilan 1 (bir) yil muddatga futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyatdan chetlashtirilganligini inobatga olib, 4 (to‘rt) yil muddatga futboldagi har qanday faoliyatdan chetlashtirish, umumiy hisobda 5 (besh) yil muddatga chetlashtirilsin.

2. “Surxon” PFK texnik direktori Sherzod Sharipov qo‘mitaga va O‘FAning rasmiy vakillariga surishtiruv jarayonida yolg‘on ko‘rsatma berganligi va qo‘mitani vaziyat yuzasidan qaror chiqarishda chalkashtirishga harakat qilgani uchun 2019-yil futbol mavsumi oxiriga qadar futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyatdan chetlashtirilsin.

3. “Surxon” PFK jamoasi sardori Dilshod Jabborov “Navbahor lochinlari” PFKning sobiq bosh murabbiysi Mo‘minjonov Ilhomga 2017-yil mavsumida kelishilgan o‘yinlarni tashkil qilishga yordam berganligi va futbolchilarni o‘yinni sotishga undagani, shuningdek, qo‘mitaning yozma va og‘zaki so‘rovlariga e’tibor bermay uzrli sababsiz qo‘mita yig‘ilishlariga kelmaganligi uchun O‘FA intizom kodeksining 5.52. bandiga asosan 2019-yil futbol mavsumi oxiriga qadar futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyatdan chetlashtirilsin.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2019, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют