» » “Navbahor” futbol klubi fotomuxbiri stadionda sigaret chekkani uchun 1 mln so‘m jarimaga tortildi

“Navbahor” futbol klubi fotomuxbiri stadionda sigaret chekkani uchun 1 mln so‘m jarimaga tortildi


O‘zbekiston Professional futbol ligasi “Navbahor” futbol klubi fotomuxbiri Ilhom Iminovga 1 million so‘m miqdorida jarima soldi. Bu haqda tashkilot saytida axborot berilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, “Navbahor” futbol klubi fotomuxbiri Ilhom Iminov O‘zbekiston Superligasi 20-turi uchrashuvlari doirasidagi “Neftchi” (Farg‘ona) — “Navbahor” (Namangan) o‘yini vaqtida Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionning texnik hududida tamaki iste’mol qilgan.

Fotomuxbirning tamaki iste’mol qilayotgani holati uchrashuv komissari Jahongir Rahmatullayev tomonidan qayd etilgan. “Sog‘lom turmush tarzi targ‘ib etiladigan sport tadbirlari vaqtida stadion texnik hududida tamaki iste’mol qilish nojoizdir”, — deyiladi O‘zPFL axborotida.

Shu munosabat bilan, O‘zPFL Musobaqalar reglamentining 3-qismi 3.9-bandi hamda Intizomiy va jarimalar kodeksining 2-qism 5.37-bandiga muvofiq, “Navbahor” futbol klubi fotomuxbiri Ilhom Iminov 1 million so‘m miqdorida jarimaga tortilgan.

Ma’lumot uchun, “Neftchi” va “Navbahor” o‘rtasidagi uchrashuv 2:1 hisobida farg‘onaliklar g‘alabasi bilan tugagan — bu “Neftchi” uchun mavsumdagi ilk g‘alaba bo‘ldi. O‘yindan so‘ng “Neftchi” futbolchisi Abdurahmon Abdulhaqov “Navbahor” muxlislarining jig‘iga tekkani uchun 2 million so‘m jarimaga tortilgan, muxlislari Abdulhaqovga turli buyumlar uloqtirgani uchun “Navbahor” so‘nggi bor ogohlantirilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-08-2018, 23:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 99) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют