» » Amerikada 5 yoshli bola ota-onasining mashinasini haydab chiqib, o‘ziga Lamborghini xarid qilishga yo‘l oldi

Amerikada 5 yoshli bola ota-onasining mashinasini haydab chiqib, o‘ziga Lamborghini xarid qilishga yo‘l oldi


Amerikaning Yuta shtati politsiyasi ota-onasining mashinasini haydab qochib, o‘ziga Lamborghini sotib olish uchun Kaliforniyaga ketayotgan besh yoshli bolani to‘xtatdi, deb yozadi Motor.

Qayd etilishicha, bolaning yonida avtomobil xarid qilish uchun uch dollar bo‘lgan.

Bola onasidan unga mashina sotib olib berishni so‘ragan, ona esa uning talabini rad etgan. Bundan xafa bo‘lgan bola mashinani o‘zi sotib olishga qaror qilgan.

Politsiyachi Rik Morgan trassada juda sekin harakatlanayotgan mashinani ko‘rib, uni imkoniyati cheklangan odam haydayotganligini taxmin qilgan. Politsiyachi maxsus signalni yoqib, mashinaga to‘xtash ishorasini bergan, biroq u to‘xtamagan. Shunda Morgan Dodge avtomobilini ta’qib qila boshlagan. Natijada haydovchi mashinani to‘xtatgan.

One of our Troopers in Weber Co. initiated a traffic stop on what he thought was an impaired driver. Turns out it was this young man, age 5, somehow made his way up onto the freeway in his parents' car. Made it from 17th and Lincoln in Ogden down to the 25th St off-ramp SB I-15. pic.twitter.com/3aF1g22jRB

— Utah Highway Patrol (@UTHighwayPatrol) May 4, 2020

Shundan so‘ng mashina rulida besh yoshli bola o‘tirgani oydinlashgan. U o‘zini Adrian deb tanishtirgan. Morgan bolaning ota-onasiga qo‘ng‘iroq qilgan. Ular shu zahotiyoq yetib kelgan.

Aniqlanishicha, Adrian ota-onasi ishdaligida unga qaraydigan opasi uxlab yotganidan foydalanib, mashinani haydab yo‘lga chiqqan.

Bolaning ota-onasi uni hech qachon rulga o‘tqazmasligi, mashina haydashni o‘rgatmaganligini aytgan. Ular bola qanday qilib mashinani haydashni o‘rganib olganidan hayratda ekanligini bildirgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 108) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют