» » Lamborghini olish uchun ota-onasining mashinasini haydab ko‘chaga chiqqan 5 yoshli bolani superkarda sayr qildirishdi

Lamborghini olish uchun ota-onasining mashinasini haydab ko‘chaga chiqqan 5 yoshli bolani superkarda sayr qildirishdi


AQShda yashovchi besh yoshli bola bir necha kun avval o‘ziga Lamborghini sotib olish uchun ota-onasining mashinasini haydab ko‘chaga chiqqan edi. Uni politsiyachilar to‘xtatib, ota-onasiga qaytargan edi. Politsiyachilar bolaga jazo o‘rniga orzusini amalga oshirishga yordam berdi.

Motor’ning yozishicha, bola haqiqiy Lamborghini Huracan’da shahar aylangan.

Yuta shtati politsiyasi bolani to‘xtatganidan bir kun o‘tib, uning ota-onasi superkarlar egalaridan turli takliflar oldi. Avtomobillar egalari bolaning orzusini amalga oshirishga yordam bermoqchi bo‘ldi.

Natijada bolaning ota-onasi qora Lamborghini Huracan egasi Jeremi Nevesning taklifini qabul qilgan.

Besh yoshli Adrian onasi bilan superkarda shahar aylangan. Jeremi bu haqda Facebook’dagi sahifasida yozgan.

Lamborghini Huracan 2014-yilda ilk marta Jenevadagi avtosalonda taqdim etilgan. Superkarga 610 ot kuchiga ega, 5,2 sig‘imli V10 motori o‘rnatilgan. Uning tezligi soatiga 100 kilometrga yetishi uchun 3,2 sekund talab qilinadi. Avtomobilning maksimal tezligi soatiga 325 kilometrni tashkil etadi.

Mavzuga doir: Osmondagi Lamborghini: Falco vertolyoti taqdim etildi (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 134) ( 0) ( 131) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют