» » Toni Fergyuson: Habibga qarshi jangga yetti oy tayyorlangandim

Toni Fergyuson: Habibga qarshi jangga yetti oy tayyorlangandim


Amerikalik yakkakurashchi Toni Fergyuson UFC 249 musobaqasi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida Jastin Getjiga qarshi jang haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Keyingi raqibim Getji bo‘lishi men uchun noodatiy xabar bo‘ldi. Men olti yoki yetti oy shug‘ullandim. Habibga qarshi jang qilishimni bilgunimga qadar ham mashg‘ulotlarda ishtirok etayotgandim. O‘sha musobaqaga qadar formamning eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan bo‘lardim. Hozir jismoniy holatim o‘zgargan.

Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiyim yo‘q edi va o‘z murabbiylarimni har bir mashg‘ulot paytida meni tekshirib turishga majbur qildim. Kuniga 12 soat shug‘ullanardim, bu oson emas edi. Biroq bu ishni qildim. Shunday jamoaga ega ekanim, mening omadim. Bu dunyodagi eng yaxshi jamoalardan biri va men hammasiga tayyorman.

The Ultimate Fighter musobaqasida 78 kilogramm vazn toifasida g‘alaba qozonganman. Shunday ekan menga kimni ro‘baro qilishingizni farqi yo‘q. Men u yerga boraman, qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman. G‘alaba yoki mag‘lubiyat, men g‘olib bo‘lmoqchiman”, — deydi Fergyuson.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent vaqti bilan 10-may kuni Toni Fergyuson UFC 249 musobaqasining asosiy jangida Jastin Getjiga qarshi jang qiladi.

Mavzuga doir: UFC 249 musobaqasi O‘zbekistonda jonli efirda namoyish etiladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют