» » O‘zbekistonda COVID-19’dan tuzalganlar soni 9 taga ko‘paydi va 1556 nafarga yetdi

O‘zbekistonda COVID-19’dan tuzalganlar soni 9 taga ko‘paydi va 1556 nafarga yetdi


Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasidan 6 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 3 nafar, jami 9 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida sog‘ayganlarning 5 nafari Toshkent shahridan, 1 nafari esa Surxondaryo viloyatidan. Ularning 3 nafari Rossiyadan charter reysda O‘zbekistonga kelgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, mazkur klinikaga yotqizilgan. Qolgan 3 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. Bemorlarning 4 nafari erkak, 2 nafari ayol, eng yoshi kattasi 63 da, eng kichigi 15 yoshda ekani aytilgan.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan tuzalganlarning 2 nafari (73 yoshli hamda 40 yoshli ayollar) Toshkent shahridan bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. Qoraqalpog‘istonlik 29 yoshli yigit esa Qozog‘istondan kelganindan keyin karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 459 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 468 nafarga yetdi.

2020-yil 6-may soat 15:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 1556 nafarni tashkil qilib va 649 nafar bemor davolanish jarayonida qolmoqda. Avval 2020-yil 6-may soat 12:50 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 1547 nafarga yetgani, 660 nafar bemor davolanishni davom ettirayotgani xabar qilingandi. Navoiy, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlari kasallikdan xoli hududga aylangan.

Ayni vaqtda, 6-may soat 10:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq holatlar soni 2217 tani tashkil etmoqda — bemorlardan 660 nafari hozirda davolanishni davom ettirayotgan bo‘lsa, 10 nafari vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют