» » Tojikiston O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berishni tikladi

Tojikiston O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berishni tikladi


Tojikiston O‘zbekistonga elektr energiyasini yetkazib berishni tikladi, deb xabar bermoqda Asia-Plus hukumatning energiya blokdagi manbalariga tayanib.

Qayd etilishicha, Tojikiston elektr energiyasini O‘zbekistonga yetkazib berish oz hajmda va faqat 220 kilovoltli ikkita elektr uzatish tarmog‘i orqali amalga oshiriladi “Yaqin kelajakda O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berish sezilarli darajada oshiriladi va 500 kilovoltli elektr uzatish tarmoqlari jalb qilinadi”, — deyiladi xabarda.

Uning aytishicha, hozircha mamlakatlar O‘zbekistonga yetkazib beriluvchi Tojikiston elektr energiyasining narxi bo‘yicha yakuniy kelishuvga erishmagan.

Ikki mamlakat bosh vazirlari Kohir Rasulzoda va Abdulla Aripov rais hisoblanuvchi Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning mart oyida bo‘lib o‘tgan majlisida Tojikistonning O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berish hajmi navbatdagi majlisda kelishib olinishini ma’lum qilingandi.

Eslatib o‘tamiz,Tojikiston sovuq ob-havo boshlangani va respublikaning ichki ehtiyojlarini ta’minlash maqsadida O‘zbekistonga elektr energiyasi eksport qilishni o‘tgan yilning dekabr oyida to‘xtatgan edi.

Avvalgi erishilgan kelishuvga ko‘ra, Dushanbe elektr energiyasini Toshkentga faqat aprel oyidan oktabrgacha, ya’ni Tojikistonning ichki ehtiyojlari to‘liq qondirilganidan keyingina eksport qiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 4-may kuni yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida samaradorlikni oshirish, energiya sarfini optimallashtirish masalalari yuzasidan o‘tkazgan yig‘ilishda O‘zbekistonda ming dollarlik yalpi ichki mahsulot yaratish uchun rivojlangan davlatlarga nisbatan 2-3 barobar ko‘p energiya sarflanishi, shu bois yaqin yillarda energiya sarfini 2-2,5 barobarga qisqartirish masalalari muhokama qilingan edi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda yaqin kelajakda elektr energiyasining narxi oshirilishi rejalashtirilmagan



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 124) ( 0) ( 123) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют