» » Gruziyada koronavirus sabab yopilgan ishlab chiqarishning barcha turlari qayta ish boshlaydi

Gruziyada koronavirus sabab yopilgan ishlab chiqarishning barcha turlari qayta ish boshlaydi


Gruziyada 11-maydan boshlab koronavirus pandemiyasi sabab yopilgan barcha turdagi ishlab chiqarish korxonalari qayta ish boshlaydi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Georgiy Gaxariyaga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Gruziyada favqulodda holat rejimi 22-maygacha, shuningdek, komendantlik soati kechki 21:00 dan ertalabki 06:00 ga qadar amalda bo‘ladi.

“11-maydan barcha turdagi ishlab chiqarishlar ochiladi. Bunga qadar gap faqat qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilar haqida ketgan bo‘lsa, hozir barchasi qayta ish boshlaydi. Shuningdek, ko‘chaga chiqish yo‘li bor barcha do‘konlar ham ochiladi, bu kiyim-kechak do‘konlari va savdo markazlariga taalluqli emas”, — deydi bosh vazir.

Eslatib o‘tamiz, Gruziyada 17-apreldan boshlab koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida, yengil avtomobillar harakati to‘liq taqiqlangan edi. Shuningdek, mamlakatda31-martdan boshlab favqulodda holat yakunlangunigacha spirtli ichimliklar savdosi to‘xtatilgan va mazkur sanadan e’tiboran Gruziyada komendantlik soati ham joriy qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 117) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют