» » O‘zbekistonda 2020-yilning may oyi “Brakonyerlikka qarshi kurash oyi” deb e’lon qilindi

O‘zbekistonda 2020-yilning may oyi “Brakonyerlikka qarshi kurash oyi” deb e’lon qilindi


Davlat ekologiya qo‘mitasi tashabbusi bilan Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimida 2020-yilning may oyi “Brakonyerlikka qarshi kurash oyi” deb e’lon qilindi.

Qo‘mita matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, juda ko‘plab muammolar brakonyerlikning orqasidan kelib chiqmoqda, hattoki koronavirus epidemiyasining kelib chiqishi yovvoyi hayvonlarni tartibsiz ovlash va ularni iste’mol qilish bilan bog‘liqligi taxmin qilinmoqda.

“Brakonyerlikka qarshi kurash oyi” davomida qo‘mita tizimidagi inspektorlar respublikaning barcha hududlari bo‘ylab, noqonuniy ov va baliq ovlash bilan shug‘ullanadigan qonunbuzarlarga, shuningdek, o‘simlik dunyosidan noqonuniy foydalanadigan, daraxt va butalarni ruxsatsiz kesadigan huquqbuzarlarga qarshi keskin kurash olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, oxirgi uch yilda daraxtlarni kesish qariyb 60 foizga ortgan. O‘tgan yilda Qoraqalpog‘istonda 13 bosh jayronni otib o‘ldirgan, Qashqadaryoda elektr qarmoq bilan baliq ovlagan brakonyerlar qo‘lga olingan bo‘lsa, 2020-yilda Navoiyda 340 dona vobla balig‘ini ovlagan brakonyerlar qo‘lga tushgan, Buxoroda jayronlarni ovlab tabiatga qariyb 67 million so‘m zarar yetkazgan shaxslar jazolangan edi.

Mavzuga doir: Yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan Markaziy Osiyo hayvonlari (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют