» » Tojikiston chegarasida tojik va qirgiz chegarachilari ortasida otishma sodir boldi (video)

Tojikiston chegarasida tojik va qirgiz chegarachilari ortasida otishma sodir boldi (video)


Tojikiston chegara hududida qirgiz va tojik harbiylari ortasida nizoli vaziyat sodir boldi. Asia-Plus nashrining yozishicha, toqnashuv oqibatida Tojikistonning ikki nafar fuqarosi yaralangan.

Mojaroga Qirgiziston fuqarolarining 4 gektar yerni ozlashtirib olgani sabab bolgan. Ushbu yerlar meyoriy-huquqiy hujjatlarga kora Tojikistonga tegishli. Qirgiziston chegarachilari vaziyatni tartibga keltirish orniga qurolsiz bolgan tojikistonliklarga, aholi vakillariga oq uzgan. Otishma oqibatida 1983-yilda tugilgan Fazliddin Fozilov hamda 1971-yilda tugilgan Ayyomiddin Sharipov ogir yaralangan, deyiladi Tojikiston chegara xizmatining xabarida.

Oz navbatida Qirgiziston chegarachilari esa nizoga tojikistonlik harbiylar sababchi ekanini aytmoqda. Shuningdek, qarama-qarshi tomonning malum qilishicha, mojaro qirgiz-tojik chegarasida Chek Batken viloyati hududida Chekdagi 50 sotix yerdan foydalanishdagi nizo oqibatida boshlangan, 30-40 nafardan ikki tomondagi fuqarolar bir-birlariga toshlar ota boshlagan. Janjal vaqtida ov oqotar qurolidan ot ochilgan.

Qirgiziston chegarachilari oq uzilgani, biroq u havoga otilgani va ogohlantirish maqsadida quroldan foydalanilganini bildirgan.

Ammo Tojikiston chegarachilari kutilmaganda Qirgiziston chegarachilari va fuqarolari tomonga ot ochgan, deya vaziyatni izohlagan qirgiz chegarachilari.

Qirgiziston tomonida ham uch nafar harbiyning yaralangani malum qilingan. Ikki davlatning chegara idoralari va rasmiy vakillari ortasida vaziyatni barqarorlashtirish yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.

Qirgiziston va Tojikiston chegarasida bu kabi mojarolar otgan yilning yozidan beri tez-tez takrorlanib turadi. 2019-yilning iyun oyida tojik-qirgiz chegarasida kelishmovchilik yuz berib,qirgizistonliklar 45 kilometrli avtoyolni tamirlash ishlarigaqarshi chiqqan.Sentabr oyida esaQirgizistonTojikiston chegarasida yuz bergan otishmada qirgiz harbiy xizmatchisihalok bolgan. 2020-yilning ozida bu safargi janjal chegarada ikki millat vakillari ortasidagi toqnashuvga olib kelgan ikkinchi vaziyatdir, avval 9-yanvarda ham avvaliga fuqarolar ortasida boshlangan janjalga keyinchalik huquq-tartibot organlari xodimlari va chegarachilar ham qoshilgan.



Manba: Daryo.uz
: admin (8-05-2020, 23:11)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -